Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Zakot >Zakot hisobidan kam ta’minlangan oilalarga uy olib berish.

Zakot hisobidan kam ta’minlangan oilalarga uy olib berish.

Nashr sanasi: February 3, 2025

Savol :

Ustoz, hozirgi kunda kam ta’minlangan oilalarga zakotdan uy olib berish urfga aylandi. Bunda ko‘pchilikning haqqi bitta odamga berib yuborilgan bo‘lib qolmaydimi?



Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Shayx Ibn Usaymin (rahimahulloh) bu borada: “Men uy olib berish joiz emas deb bilaman,” – degan fikrni bildirganlar.

Bismillah,
Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Zakotdan uy olib berish masalasi bo‘yicha ulamolar ixtilof qilishgan. Lekin ehtiyot nuqtayi nazaridan uy olib bermaslik afzal, chunki ulamolar zakot qancha miqdorda berilishi kerakligi borasida turli fikr bildirganlar. To‘g‘riroq qarashga ko‘ra, zakotdan kam ta’minlangan kishining bir yillik yashash xarajatlari – oziq-ovqati, turar joyi, kiyimi va zaruriy ehtiyojlari (masalan, elektr va boshqa kommunal xizmatlar) qoplanishi mumkin.

Agar shaxsning bir yilga yetadigan ijara xarajatini to‘lash kerak bo‘lsa, bu joiz. Ammo uy shaxsiy mulk sifatida sotib olib berilsa, bu doimiy mulkka aylanib qoladi va natijada boshqa ko‘plab ehtiyojmand kishilar zakotdan mahrum bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, agar ijara imkoniyati bo‘lsa, yillik ijara haqi to‘lab berish afzalroqdir. Qolgan zakot esa boshqa ehtiyojmandlarga taqsimlanishi lozim.

Shayx Ibn Usaymin (rahimahulloh) bu borada: “Men uy olib berish joiz emas deb bilaman,” – degan fikrni bildirganlar. Biroq, ayrim hududlarda ijara imkoniyati umuman bo‘lmasa va uy xarid qilish yoki qurish katta xarajat talab qilmasa, bunday holat istisno qilinishi mumkin. Masalan, kichik uy-joy sotib olib berish mumkin bo‘lgan joylarda shunday yo‘l tutilishi mumkin. Lekin ehtiyot yuzasidan, agar ijara uylar mavjud bo‘lsa, shaxsga yillik ijara to‘lab berish, lekin uy sotib olib bermaslik afzal hisoblanadi.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Zakot berish shakli

    April 13, 2025
  • Uy sotib olish uchun bir necha yil zakot to‘plash hukmi

    March 4, 2025
  • Zakotni boshqa chet davlatga yetkazish jarayonida uning bir qismi yo‘l xarajatlariga sarflansa, zakot to‘liq hisoblanadimi yoki faqat muhtojlarga yetib borgan qismi zakot bo‘ladimi?

    February 12, 2025
  • O‘g‘li uchun yer sotib olib, qo‘lida mablag‘ qolmagani sababli o‘zini zakotga haqli deb da’vo qilayotgan kishiga zakot olish halolmi?

    February 11, 2025
  • Otasi zakotga haqli bo‘lmagan tolibi ilmlarga zakot berishning hukmi.

    February 6, 2025
  • Biznesga tikilgan puldan qanday zakot beriladi?

    February 6, 2025