Ustoz, bolalarni yoshligidan unashtirib qo‘yish bizda o‘zbekchilik urfi bo‘lib qolgan.
Avvalgi savollarda bu masala haqida javob bergansiz, ammo menga ayrim joylari tushunarsiz bo‘lib qolmoqda. Bir javobingizda: agar bolalar voyaga yetmagan bo‘lsa, otalarining roziligi bilan nikoh bog‘lanadi, degandingiz. Boshqa bir javobingizda esa: unashtirildi degani eri bo‘ldi degani emas, niyatga qaraladi, degansiz.
Endi savolim shuki:
Bir qiz go‘dakligida ikki tomonning roziligi bilan unashtirilgan edi. Qiz voyaga yetgach, to‘yga yaqin qolgan paytda qizning otasi oldingi unashtirilgan yigitning roziligisiz qizini boshqaga uzatdi.
Agar bolalar yoshligidan unashtirilgan bo‘lsa:
- ajrashmoqchi bo‘lsalar, bir-birining roziligini olishlari shartmi?
- yoki o‘g‘il bola taloq berishi kerakmi?
Iltimos, shu masalani kengroq tushuntirib bersangiz.