Men xorijda yashayman. Bir kishi mendan kiyim-kechak yuborishimni so‘ragan edi. Men u so‘ragan narsalarni sotib olib, jo‘natib yubordim. Aeroportda yuk uchun jarima solingan. Yukni olib ketgan odam ham xizmat haqi olgan. Endi shu jarimani kim to‘lashi lozim?
Xorijdan berib yuborilgan yukka aeroportda jarima solinsa, kim to‘laydi?
Savol :
Javob :
Agar siz buyurtma bergan kishining ko‘rsatmalariga to‘liq amal qilgan bo‘lsangiz, ya’ni: u aytgan narsani aynan o‘sha tartibda sotib olgan bo‘lsangiz, yuborish jarayonida o‘z tomoningizdan xato yoki o‘zboshimchalik qilmagan bo‘lsangiz, unda jarima ham, yukni olib borgan odamning xizmat haqi ham yuk egasining zimmasida bo‘ladi.
Maqola foydali bo’ldimi?
0