Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Vaqtlarini do‘stlari bilan o‘tkazib, oilalariga e’tibor bermaydiganlar.

Vaqtlarini do‘stlari bilan o‘tkazib, oilalariga e’tibor bermaydiganlar.

Nashr sanasi: April 16, 2025

Savol :

Biz yosh oilamiz, ikkita farzandimiz bor. Qaynonam va qaynotam yo‘q. Uyimizda deyarli har kuni janjal bo‘ladi, erim bilan chiqisha olmayapman. U be’mеhr, e’tiborsiz — dam olish kunlari do‘stlari oldiga chiqib ketadi yoki boshqa xonada telefoniga qarab o‘tiradi. Shu sababli undan ko‘nglim sovuyapti. Uruishib qolsak, juda qattiq uradi va og‘ir haqoratlar qiladi. Yaqinlarim yo‘q, ota-onam bu ishga aralashmaydi. Shu holatda erimdan ajrashsam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Avval sabablarni sinab ko‘ring, hal etishga harakat qiling. Agar holat og‘irlashib, zulm davom etsa, ajrashish shar’an joiz bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday holat og‘riqli va jiddiy muammodir. Avvalo, siz sabr bilan sabablarni izlab ko‘rishingiz kerak. Birinchi navbatda Allohga iltijo qiling. So‘ngra o‘zingizni — xulqingizni, muomalangizni, ko‘rinishingizni yaxshilang. Yaxshi so‘zlar bilan muomala qiling. Eringiz be’e’tibor bo‘lsa ham, unga mehmondek muomala qilib, asabini qo‘zg‘atmaslikka harakat qiling.

Sukut bilan, muloyimlik bilan unga yaqinlik qiling: “Choy ichmaysizmi?” deb so‘rang, yordam taklif qiling. Biror xizmatini bajaring. Balki bir kuni o‘ziga savol berib qoladi: “U menga nega bunchalik yaxshi muomala qilmoqda?” Shu orqali yuragiga ta’sir qilishingiz mumkin.

Agar bu yo‘l ham foyda bermasa, unda siz ixtiyoringizda bo‘lgan yo‘lni tanlashingiz mumkin. Siz xotinlikni zo‘rlik bilan o‘tashga majbur emassiz. Urib-so‘kish, haqorat qilish islomiy muomalaga to‘g‘ri kelmaydi. Ammo ajrashishdan oldin, eringizni yaxshi tomonini ko‘rsatishga, sabr va muomala bilan yuragini yumshatishga harakat qilib ko‘ring. Balki Alloh taolo sizga yo‘l ochib beradi.

Xulosa:
Avval sabablarni sinab ko‘ring, hal etishga harakat qiling. Agar holat og‘irlashib, zulm davom etsa, ajrashish shar’an joiz bo‘ladi.


Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

    June 4, 2025
  • Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • O‘gay qiz erga mahram bo‘ladimi?

    June 3, 2025
  • Ayol kishi erining ruxsatisiz ishlashi joizmi?

    June 3, 2025
  • Ayolning “Mahringizni qaytarib oling” degan so‘zi xulu’ sanaladimi? Ajrimdan keyin er uyida yashash joizmi?

    June 2, 2025