Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >Vaqtini chegaralamasdan “Qur’onni 15 marta xatm qilaman” deb nazir qilgan edim vaqtim bo’lganida xatm qilsam bo’ladimi?

Vaqtini chegaralamasdan “Qur’onni 15 marta xatm qilaman” deb nazir qilgan edim vaqtim bo’lganida xatm qilsam bo’ladimi?

Nashr sanasi: May 25, 2025

Savol :

Homiladorligimda Qur’onni 15 marta xatm qilaman deb nazir qilgan edim. Yettita xatm qila oldim. Qolganini sekin-sekin qilsam bo’ladimi? Hozir chaqaloq borligi sababli Qur’on o’qishga uncha vaqtim bo’lmayapti.
Vaqtim bo’lganida o’qib bersam bo’ladimi? Farzandimni dunyoga keltirganimdan beri boshim kasaldan chiqmayapti. Shu nazirimni bajarmaganim uchun shunday bo’lyaptimi, deb o’ylayapman.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar siz o’sha nazirni aniq bir vaqtga bog’lab qilmagan bo’lsangiz, unda imkoningiz yetganicha davom ettiravering. Asosiysi – harakatda bo‘lish. Alloh taolo niyat va sa’y-harakatni ko‘radi va ajrini beradi.

Bismillah, Alhamdulillah, wassalatu wassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Agar siz o’sha nazirni aniq bir vaqtga bog’lab qilmagan bo’lsangiz, ya’ni “Qur’onni homiladorligim davrida 15 marta xatm qilaman” deb aytmagan bo’lsangiz, faqatgina “15 marta xatm qilaman” deb nazir qilgan bo‘lsangiz, unda imkoningiz yetganicha davom ettiravering.
Alloh taolo Qur’onda shunday degan: “Fattaqullaha mastata’tum” – ya’ni, Allohdan qo’rqinglar – qo’lingizdan kelganicha.

Siz hali ham o’sha yo’ldasiz, Insha Alloh. Hozir yarmidan ko‘prog‘i qilingan – bu ham katta yutuq. Qolgani ham, insha Alloh, uzoq emas.

Qur’on o’qish – bu oson ish, har qancha vaqt ajratsangiz ham foydali. Masalan, kuniga bir pora o‘qisangiz, oyiga bir xatm chiqadi. Qarabsizki, o‘zingiz niyat qilgan songa yetasiz, insha Alloh.

Asosiysi – harakatda bo‘lish. Alloh taolo niyat va sa’y-harakatni ko‘radi va ajrini beradi. Sizda chaqaloq borligi, sog‘lig‘ingizdagi holat – bularning barchasi e’tiborga olinadi.

Alloh taolo o‘zi yordamchi bo‘lsin. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qur’on o‘qiyotgan odamga birov salom bersa, nima qiladi?

    August 29, 2025
  • “Munofiqlar Allohni kam eslaydi” oyati sharhi.

    August 18, 2025
  • “Allohdan o‘zga iloh yo‘q” deyish xatomi?

    August 5, 2025
  • 20 yoshda Qur’on yodlash afzalmi, ilm o‘rganishmi?

    July 25, 2025
  • Namozlardan keyin ma’lum suralarni doimiy o‘qish: Sunnatmi yoki bid’at?

    July 22, 2025
  • Chaqaloqqa yosh bola ovozida Qur’on o‘qib berish joizmi?

    July 16, 2025