Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Valiysiz o’qilgan nikoh haqida.

Valiysiz o’qilgan nikoh haqida.

Nashr sanasi: August 25, 2025

Savol :

Erim bilan turmush qurganimizga uch yil bo‘ldi. Turmushga chiqishimdan oldin otam kelgan hamma sovchilardan ayb qidirib, sakkiz yil turmushga bermadi.

Domlaga nikoh o‘qitdik. Nikohimizda valiy bo‘lmadi. Erimning birodari, domla va mening dugonam ishtirok etdi. Otamga shu yigit bilan nikohdan o‘tdim deb hiyla qildim. Otam biroz ranjidi. Keyin to‘yga tayyorgarlik ko‘rdi. Ertasiga rasmiy nikohdan o‘tdik. Dugonam guvoh bo‘ldi.

Savol: Valiysiz nikoh sahihmi? Hozir uch nafar farzandimiz bor. Ular valadezino bo‘lib qolmaydimi va bizning nikoh sahihmi? Qalbimizda shubha bor. Chunki otamning fikrini bilish uchun nikohdan o‘tdim deb aldagan edim. Keyin ertasiga nikohdan o‘tdik.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu masalada hanafiy mazhabiga binoan nikoh sahih bo‘ladi. Sizning holatingizda esa, keyinchalik otangiz ham rozi bo‘libdi, bu yanada masalani yengillashtiradi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masalada hanafiy mazhabiga binoan nikoh sahih bo‘ladi. Sizning holatingizda esa, keyinchalik otangiz ham rozi bo‘libdi, bu yanada masalani yengillashtiradi. Shuning uchun qalbingizda shubha bo‘lmasin. Nikohingiz sahih, farzandlaringiz esa albatta valadizino emas.

Guvohlar masalasida: domla va eringizning yonidagi o‘rtoqlari guvoh bo‘ladi. Demak, ikki guvoh mavjud bo‘lgani uchun nikoh sahih bo‘ladi. Sizning dugonangizning ishtiroki bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham farqi yo‘q. Muhimi, ikki erkak guvoh bor.

Valiysiz nikoh haqida: hanafiy mazhabida valiy shart emas. Abu Hanifa rohimahulloh: “Ayol kishi o‘zini o‘zi nikohga berishi mumkin”, deganlar. Ularning bu fikrlari kuchli dalillarga asoslangan. Shofe’iy va hanbaliy mazhablarida esa valiy shart deb qaraladi. Shuning uchun bu masalada ixtilof mavjud.

Lekin bizning diyorda hanafiy mazhabi amal qilinadi. Shuning uchun sizlarning nikohingiz sahih hisoblanadi. “Valadizino” degan gaplarni esa bilmagan, johil odam aytadi. Bu shaytonning vasvasasi, xolos.

Xulosa qilib aytganda: nikohingiz to‘g‘ri bo‘lgan, farzandlaringiz pok nasl bilan dunyoga kelgan. Shuning uchun tinch bo‘ling, qalbingizni xotirjam qiling.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qiz otasiga quloq solmay johil yigitga tegsa, ota gunohkor bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Qonuniy nikohi bo‘lmagani uchun imom nikoh o‘qishdan bosh tortgan va ayoli bilan qo‘shilib qo‘ygan yigitning savoli.

    October 7, 2025
  • Qizlar er topish uchun ko‘chaga chiqishi kerakmi?

    October 4, 2025
  • Toshkentlikman. Buxorolik bir dindor qizni yoqtirib qoldim. Onam «ular bizga to‘g‘ri kelmaydi» deb qarshi. Men esa boshqa qizlarga ko‘ngil qo‘ya olmayapman. Shariatda bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?

    October 2, 2025
  • Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o’zi uchun ham ishlatishi joizmi?

    October 2, 2025
  • To‘y kuni mashinalardan kortej qilish hukmi.

    September 14, 2025