Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Valiysiz nikohga oid savol.

Valiysiz nikohga oid savol.

Nashr sanasi: August 6, 2025

Savol :

Ustoz, bir ayol ikkinchi marta turmushga chiqyapti. Birinchi turmushga chiqishida otasi: “Qayerda bo‘lsang ham, baxtli bo‘l,” degan ekan. Ya’ni ota-onasi ajrashgan. Otasi u qiz bilan uncha aloqa qilmaydi, bee’tibor bo‘lgan, lekin tog‘alari kuyov bola bilan gaplashib, uni ma’qul deb topishibdi.

Qiz onasi bilan birga boshqa shahardan nikohlanish uchun kelyapti. Masofa uzoq bo‘lgani uchun tog‘alari kela olishmayapti. Shu holatda valisiz nikoh qanday bo‘ladi? Masjid imomi: “Ikki guvoh bo‘lsa yetarli,” debdi.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar ayolning otasi tirik bo‘lsa, uning roziligi yoki vakolatisiz nikoh to‘g‘ri bo‘lmaydi, shuning uchun avvalo ota bilan aloqaga chiqib, rozilik yoki vakolat olish zarur.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Avvalo, otasini topish kerak. Hozirgi zamonda bu unchalik qiyin emas — telefon bor, internet bor. Bu holatda otasini topib, shu bahona bilan hech bo‘lmaganda bir marta gaplashib qo‘yishning o‘zi ham juda katta savob. Chunki bu yillar davomida ota bilan aloqani uzib qo‘yish — silayi rohim (qarindoshlik rishtalarini) uzish hisoblanadi va bu esa shariatda man qilingan, ya’ni haromdir.

“Qayerda bo‘lsang ham baxtli bo‘l,” degan gapni bir necha yil oldin aytgan bo‘lsa, endi o‘sha gap bilan kifoyalanish to‘g‘ri emas. Bu — hali otaning rozi bo‘lganini, yoki vazifasini boshqa kishiga topshirganini anglatmaydi. Qizning otasi bilan gaplashmay yurishi o‘ziyoq salbiy holat. Bu otaga nisbatan behurmatlik bo‘lib qoladi.

Nikohdan oldin ota topilsin. Telefonda gaplashib:
“Ota, yaxshimisiz? Men qizingizman. Shunaqa holatga keldim, turmushga chiqmoqchiman,” deb aytsin. Ota bunday holatda: “Nima meni bezovta qilding?” deb asabiylashmaydi. Aksincha, quvonadi, xursand bo‘ladi. Shunda qiz: “Sizdan ruxsat olishim kerak, Alloh oldida siz mening valiyim siz,” desa, ota albatta bir qaror chiqaradi.

Agar ota o‘sha joyda bo‘lmasa, u:
“Men falonchiga vakolat berdim, o‘sha mening nomimdan nikohni o‘tkazsin,” desa, shariatga muvofiq vakolatli valiy tayin bo‘ladi. Masalan, o‘sha joydagi bir qarindoshga yoki imomga vakolat beradi. Shunda o‘sha kishi kuyov bilan birga nikohni amalga oshiradi. Bu holda hech qanday xato yoki bid’at bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri bo‘ladi, qarindoshlik rishtasi (silayi rohim) tiklanadi, ota roziligi olinadi.

Men shunday holatlarda ko‘p foyda ko‘rganman. Ota bilan aloqa uzilgan bo‘lsa, aynan mana shu sababli aloqa tiklangan, oilaviy iliqlik qayta o‘rnatilgan holatlar bo‘lgan. Ba’zilar: “Otamdan umid yo‘q, u bizni butunlay tashlab ketgan,” deyishadi. Lekin baribir ota — otadir. Uning roziligini hech kim bosib o‘tolmaydi.

Shuning uchun, bu masalada hikmat bilan yondashish kerak. Telefon orqali bo‘lsa ham, otaning roziligi va duosini olishga harakat qilish kerak. Shu bilan birga, nikohni shariat asosida to‘g‘ri yo‘l bilan o‘tkazish ham lozim.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Uylanaymi, ilm olaymi?

    August 31, 2025
  • Taloqqa oid savol.

    August 27, 2025
  • Valiysiz o’qilgan nikoh haqida.

    August 25, 2025
  • Mahr va iddaga oid savol.

    August 18, 2025
  • “Bilganingni qil, boshing ochiq”, desa taloq tushadimi , tushsa uning yechimi qanday?

    August 14, 2025
  • Nikohlanishda qizning otasi o’rniga tog‘asi “vakil ota” bo’lishi joizmi?

    August 14, 2025