Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Uylanmay o‘tsam bo‘ladimi?

Uylanmay o‘tsam bo‘ladimi?

Nashr sanasi: December 24, 2025

Savol :

Ustoz, uylanish sunnat bo‘lsa, men uylanmay o‘tib ketsam bo‘ladimi? Aytishlaricha, Imom Buxoriy uylanmagan ekanlar. Bunga shariat nima deydi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Shariatda asl holat — uylanish. Rasululloh ﷺ aytganlar: «Nikoh mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, u mendan emas.»

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Shariatda asl holat — uylanish. Rasululloh ﷺ aytganlar:

النِّكَاحُ مِنْ سُنَّتِي، فَمَنْ رَغِبَ عَنْ سُنَّتِي فَلَيْسَ مِنِّي

«Nikoh mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, u mendan emas.»

Shuning uchun uylanishdan ataylab yuz o‘girish — sunnatdan yuz o‘girish bo‘ladi.
Ammo uylanmaslikning har doim ham sababi sunnatdan yuz o‘girish bo‘lavermaydi.

Masalan:

  • uylanishga imkon bo‘lmasa,

  • sharoit topilmasa,

  • qamoqda bo‘lsa,

  • kambag‘allik sababli hech kim qiz bermasa,

  • yoki sog‘lig‘i sababli uylana olmasa,

bunday odam sunnatdan yuz o‘girgan hisoblanmaydi, balki qila olmagan bo‘ladi.

Imom Buxoriy masalasi

Imom Buxoriy rahimahulloh uylanmagan bo‘lsalar ham, bu sunnatdan yuz o‘girganlari uchun emas. U kishining hayotiga qaralsa:

  • doim safarda bo‘lganlar,

  • Makka–Madina, Kufa–Basra, Shom, Misr orasida tinimsiz yurganlar,

  • kechayu kunduz ilm bilan mashg‘ul bo‘lganlar.

U kishi:
“Uylansam, ayolimga zulm qilib qo‘yaman” degan ehtiyot bilan uylanmaganlar.
Bundan tashqari, u kishining surriyasi (jo‘riyasi) bo‘lganligi ham rivoyat qilingan. Demak, ehtiyojini butunlay tark qilmagan.

Islom tarixida uylanmagan ulamolar ham bo‘lgan. Hatto bu haqda “Al-‘Ulamā’ al-‘Uzzāb” (Bo‘ydoq ulamolar) degan alohida kitob ham yozilgan. Ammo bu — istisno holatlar.

Asosiy namuna kim?

Biz uchun asosiy namuna Rasululloh ﷺdir.
U zotning:

  • to‘qqiz nafar ayollari bo‘lgan,

  • sahobalarning aksariyati uylangan,

  • ba’zi ulamolar: “Birgina ayoli bo‘lgan sahobani ham bilmayman” deganlar.

Rasululloh ﷺ:

«Uylanishga rag‘batlantiringlar, chunki men Qiyomat kuni ummatimning ko‘pligi bilan faxrlanaman», deganlar.

Xulosa: uylanish hukmi holatga qarab o‘zgaradi

Uylanish:

  • sunnat — asl holatda,

  • vojib — agar odam haromga tushib ketish xavfi bo‘lsa,

  • makruh — agar ayolga zulm qilish ehtimoli kuchli bo‘lsa,

  • harom — agar uylansa, albatta ayolga zulm qilishi aniq bo‘lsa.

Shuning uchun har kim o‘z holatiga qarab hukm chiqaradi.
Buxoriy bo‘lish — boshqa, oddiy odam bo‘lish — boshqa.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

    February 13, 2026
  • Yosh bolani unashtirish nikoh hukmiga o‘tadimi?

    February 7, 2026
  • O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

    January 28, 2026
  • Yolg‘onchi va qasamxo‘r er bilan yashash haqida.

    January 26, 2026
  • Nikohdan avval alohida yashash sharti bilan tekkan ayolning savoli.

    January 16, 2026
  • Iddadagi ayol xulu qilsa, eriga nomahram bo‘lib qoladimi va idda o‘tiradimi?

    January 8, 2026