Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Uylanishga qiz topolmaslik gunohlar uchun jazo bo‘lishi mumkinmi?

Uylanishga qiz topolmaslik gunohlar uchun jazo bo‘lishi mumkinmi?

Nashr sanasi: August 8, 2025

Savol :

Do‘stim bor, ikki yildan beri uylanish uchun qiz topa olmayapti. Bunday holat insonning qilgan gunohlari sababli bo‘lishi mumkinmi? Ustoz, iltimos, duo qiling.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Uylanishda qiyinchilik har doim ham gunoh sababli bo‘lmaydi — bu sinov bo‘lishi, yoki inson o‘ziga mos kelmaydigan talablar qo‘yib, nasibani kechiktirayotgan bo‘lishi mumkin. Inson o‘zini baholab, shariatga mos nomzodlarni izlab, sabr va duo bilan harakat qilsa, Alloh eng yaxshisini nasib qiladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu masala murakkab. Har doim ham muammo gunoh tufayli bo‘lmaydi. Balki uylanishning qiyin bo‘lishi boshqa sabablarga borib taqaladi. Masalan, haqiqatan ham yaxshi qiz topilmayotgan bo‘lishi mumkin, yoki do‘stingiz o‘ziga juda yuqori talablar qo‘yib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Ba’zilar o‘zlari uchun mukammal idealni tasavvur qilib olishadi — u chiroyli bo‘lsin, oq bo‘lsin, uzun bo‘lsin, hech erga tegmagan bo‘lsin, shunaqa bo‘lsin, bunday bo‘lsin… Ammo real hayotda bunday “pari”ni topish juda qiyin, hatto imkonsizdir.

Inson o‘zi kimligini, qanday maqomda turganini bilib, o‘ziga mos, shariat doirasidagi nomzodlarni izlashga harakat qilishi kerak. Hamma inson ham nuqsonsiz emas. Agar bir-birlarining nuqsonlarini ko‘rib, kechira olishsa va birga yashashni istashsa, bu oilaning barakasi bo‘ladi.

Shuningdek, uylanish masalasida bevalarni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Ko‘p hollarda, erdan chiqqan ayol – tajribali, diyonatli, soliha bo‘lishi mumkin. O‘zi ham Rasululloh ﷺ Xadicha onamizga uylanganlarida, u kishi ikki marta turmush qurgan, farzandli, Rasulullohdan yoshi katta ayol edilar. Shunga qaramay, Rasululloh ﷺ u kishini hurmat bilan qabul qilganlar.

Jabir ibn Abdulloh ham yosh bo‘lishiga qaramay, o‘zidan katta ayolga uylangan. Rasululloh ﷺ unga nega yosh qizga uylanmading, deb so‘raganlarida, Jabir: “Menga otamdan to‘qqizta singlim meros qoldi. Ularning tarbiyasi uchun yosh ayol emas, yoshi katta va tajribali ayol kerak bo‘ldi”, degan.

Yana bir muhim narsa shuki, biz sinovda yashaymiz. Ba’zi narsalarning kechikishi — sinov bo‘lishi mumkin. Mol topilmasa, uni “gunohim uchun Alloh bermayapti” demaymiz-ku. Xuddi shunga o‘xshab, nikohda kechikish ham har doim gunoh natijasi bo‘lmaydi. Balki sabr qilish, duo qilish, harakat qilish kerak. Alloh taolo rizq qilib qo‘ygan bo‘lsa, nasib qiladi, in shā Alloh.

Natijada, muammo har doim tashqaridan emas, balki o‘zimizdan ham bo‘lishi mumkin. Talablarni real hayotga moslashtirib, sabr bilan va tafakkur bilan yo‘l tutish kerak. Shunda Alloh taolo o‘zining hikmati bilan eng yaxshisini nasib qiladi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qiz otasiga quloq solmay johil yigitga tegsa, ota gunohkor bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Qonuniy nikohi bo‘lmagani uchun imom nikoh o‘qishdan bosh tortgan va ayoli bilan qo‘shilib qo‘ygan yigitning savoli.

    October 7, 2025
  • Qizlar er topish uchun ko‘chaga chiqishi kerakmi?

    October 4, 2025
  • Toshkentlikman. Buxorolik bir dindor qizni yoqtirib qoldim. Onam «ular bizga to‘g‘ri kelmaydi» deb qarshi. Men esa boshqa qizlarga ko‘ngil qo‘ya olmayapman. Shariatda bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?

    October 2, 2025
  • Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o’zi uchun ham ishlatishi joizmi?

    October 2, 2025
  • To‘y kuni mashinalardan kortej qilish hukmi.

    September 14, 2025