Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Uylanishdan avval ayolga “bolangni qabul qilmayman” deyishga haqqim bormi?

Uylanishdan avval ayolga “bolangni qabul qilmayman” deyishga haqqim bormi?

Nashr sanasi: January 6, 2026

Savol :

Ustoz, ayolga uylanishdan oldin: “Sening bolangni qabul qila olmayman. Agar qaraydigan odam bo‘lsa, bolangni o‘sha yerga qoldirib kel”, deb shart qo‘yishim joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Siz “bolani qabul qilmayman” deb shart qo‘yishiz joiz, ayol ham bunga qarab ongli ravishda qaror qiladi, bu holatda hech kim gunohkor bo‘lmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu joiz. Bu masala mutlaqo sizning ixtiyoringizda. Siz:

  • xohlasangiz uylanmasligingiz mumkin,

  • xohlasangiz nikohdan oldin shartlaringizni ochiq aytishingiz mumkin.

Ayolning avvalgi nikohidan bo‘lgan bolasiga qarash sizga majburiyat emas. Bu:

  • siz uchun gunoh emas,

  • obro‘ga putur yetkazadigan ish ham emas.

Shariatda: “Oldingmi — bolasini ham boqishing shart” degan majburiyat yo‘q.

Ammo muhim jihat shuki:

  • agar siz nikoh paytida: “Seni ham, bolangni ham qabul qilaman, qarayman”, deb rozilik bildirsangiz,

  • shu shart asosida nikoh qilsangiz,

unda keyinchalik o‘sha majburiyatni bajarishingiz shart bo‘lib qoladi. Chunki nikoh shartlari majburiydir.

Shuning uchun eng to‘g‘ri yo‘l — boshidan ochiq aytishdir. Bu:

  • erkak uchun ham,

  • ayol uchun ham

eng adolatli va muammosiz yo‘ldir.

Agar erkak boshidan: “Bolani qabul qila olmayman”, desa:

  • ayol ham sharoitiga qarab qaror qiladi,

  • agar bolasini tashlab kelish imkoniyati bo‘lsa — shuni tanlaydi,

  • agar bolasidan ajralolmasa — u nikohdan voz kechishi mumkin.

Bu holatda hech kim zulm qilgan bo‘lmaydi, masala tinch va halol yo‘l bilan hal bo‘ladi.

Amalda esa, ko‘pincha ayollar bolasidan voz kecha olmaydi. Shu sababli:

  • ko‘plab erkaklar uylanishdan tortinadi,

  • yoki uylangandan keyin turli kelishmovchiliklar chiqadi.

Shuning uchun ochiq-oydin kelishuv eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Xulosa qilib aytganda:

  • erkakning “bolani qabul qilmayman” deb shart qo‘yishi joiz,

  • ayol ham bunga qarab ongli ravishda qaror qiladi,

  • bu holatda hech kim gunohkor bo‘lmaydi.

Allohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

    February 13, 2026
  • Yosh bolani unashtirish nikoh hukmiga o‘tadimi?

    February 7, 2026
  • O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

    January 28, 2026
  • Yolg‘onchi va qasamxo‘r er bilan yashash haqida.

    January 26, 2026
  • Nikohdan avval alohida yashash sharti bilan tekkan ayolning savoli.

    January 16, 2026
  • Iddadagi ayol xulu qilsa, eriga nomahram bo‘lib qoladimi va idda o‘tiradimi?

    January 8, 2026