Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Ustoz, uyimdagilarga aytmasdan, Rossiyada yashayotgan beva ayolga uylansam bo‘ladimi?

Ustoz, uyimdagilarga aytmasdan, Rossiyada yashayotgan beva ayolga uylansam bo‘ladimi?

Nashr sanasi: June 24, 2025

Savol :

Ustoz, men birinchi ayolim bilan ajrashganman. Sababi – unga jin ta’sir qilgan edi, o‘zi ham “yashamayman, talog‘imni bering” degani uchun ajrashdik. Undan farzandim yo‘q. Keyinchalik mendan 6 yosh katta, ikki marta turmushga chiqqan bir ayol bilan tanishdim. U ayol 4 marta homilasini yo‘qotgan, hozir Rossiyada bir shaharda yashaymiz. Men unga uylanmoqchi bo‘ldim, lekin uyimdagilar qarshi bo‘lishdi. Yaqinda yana u bilan bog‘landim. U ham, onasi ham rozi. Ayol: “Menga farzand kerak, agar boshqa ayolga uylansangiz, sizni bezovta qilmayman”, dedi. Endi men onamga aytmasdan unga uylansam bo‘ladimi? Keyinchalik onam tanlagan qizga ham uylanaman, deb niyat qilyapman.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Shar’an sizga bu ayolga uylanishga ruxsat bor, chunki erkakning nikohlanishi uchun ota-onadan ruxsat olish farz emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Shar’an sizga bu ayolga uylanishga ruxsat bor, chunki erkakning nikohlanishi uchun ota-onadan ruxsat olish farz emas. Biroq bu ish oson emas – ikki ayolni teng ta’minlash, e’tibor berish va adolatli bo‘lish mas’uliyatini ko‘z oldingizga keltiring. Agar bunga tayyor bo‘lsangiz, uylanishingiz mumkin.

Bundan tashqari, siz aytgan ayol beva, farzand istaydi, bezovta qilmaslikka ham va’da bermoqda – bu siz uchun ijobiy imkoniyat bo‘lishi mumkin. Faqat keyinchalik oila a’zolaringiz bilan bu masalada ochiq gaplashishingiz va adolatli bo‘lishingiz zarur.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qiz otasiga quloq solmay johil yigitga tegsa, ota gunohkor bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Qonuniy nikohi bo‘lmagani uchun imom nikoh o‘qishdan bosh tortgan va ayoli bilan qo‘shilib qo‘ygan yigitning savoli.

    October 7, 2025
  • Qizlar er topish uchun ko‘chaga chiqishi kerakmi?

    October 4, 2025
  • Toshkentlikman. Buxorolik bir dindor qizni yoqtirib qoldim. Onam «ular bizga to‘g‘ri kelmaydi» deb qarshi. Men esa boshqa qizlarga ko‘ngil qo‘ya olmayapman. Shariatda bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?

    October 2, 2025
  • Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o’zi uchun ham ishlatishi joizmi?

    October 2, 2025
  • To‘y kuni mashinalardan kortej qilish hukmi.

    September 14, 2025