Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ustoz, Men Rossiyada yashayman qizim uchun tibbiy sug‘urta qildirsam bo‘ladimi? Sug‘urta harom deyishadi, lekin ko‘riklar juda qimmat. Nima qilishim kerak?

Ustoz, Men Rossiyada yashayman qizim uchun tibbiy sug‘urta qildirsam bo‘ladimi? Sug‘urta harom deyishadi, lekin ko‘riklar juda qimmat. Nima qilishim kerak?

Nashr sanasi: June 25, 2025

Savol :

Ustoz, men oilam bilan Rossiyada yashayman. Qizim shu yerda tug‘ilgan. Do‘xtirlar: “Sug‘urta qildir, aks holda ko‘riklar pulli bo‘ladi”, deyishmoqda. Sug‘urtaga to‘lanadigan mablag‘ esa pulli ko‘rikdan ancha arzon. Lekin sug‘urta harom deb eshitganman. Shunday holatda sug‘urta qildirsam bo‘ladimi, yoki to‘lov asosidagi ko‘rikka olib borib turganim to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar sog‘liqni saqlash xizmatlari qimmat bo‘lsa, va sug‘urta qilish zaruratga aylangan bo‘lsa – bu holatda sug‘urta qilish shar’an joiz. Chunki bu molni asrash, oila xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masala ijtihodiy masala bo‘lib, zamon va holatga qarab hukmi o‘zgaradi. Ba’zi holatlarda, ayniqsa chet elda yashayotgan musulmonlar uchun, tibbiy sug‘urta zaruratga aylanishi mumkin.

Agar siz yashayotgan hududda tibbiy xizmatlar juda qimmat bo‘lsa, ya’ni birgina oddiy muolaja yoki shifokorga murojaat qilish minglab pulga tushadigan bo‘lsa, unda bu holat “zarurat” doirasiga kiradi. Zarurat holatlarida esa, asosan harom bo‘lgan narsalar ham vaqtincha joiz bo‘lishi mumkin, bu shariat qoidasi.

Masalan, kimdir birgina qo‘li yoki tish muolajasi uchun minglab dollar to‘lashi kerak bo‘lsa, bu inson moliyaviy jihatdan qiynaladi. Shariatda esa molni behuda isrof qilish, uni zoya qilish man qilingan. Sug‘urta orqali bu kabi katta moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish mumkin bo‘lsa, bu uni joiz qiladi.

Ayniqsa ba’zi davlatlar, masalan Rossiya, AQSh, Yevropa davlatlarida, tibbiy sug‘urtasiz yashash deyarli imkonsiz – na davolanish, na bolani ro‘yxatdan o‘tkazish, na muolajalarni olish mumkin bo‘ladi. Ba’zida hatto yashash uchun ruxsatnoma olishda ham sug‘urta majburiy qilinadi. Bunday holatlarda bu “majburiy sug‘urta” sanaladi.

Shuning uchun agar siz sug‘urtasiz holda muntazam to‘lov qilib borishga moliyaviy imkoningiz bo‘lmasa va bu sizga og‘ir tushsa, unda o‘zingizni, oilangizni moliyaviy va sog‘liq jihatdan himoya qilish uchun sug‘urta qilish shar’an joiz bo‘ladi.

Ammo imkoningiz bo‘lsa va har doim shifokorga borishga to‘lov qilib yurish sizga qiyinchilik tug‘dirmasa, unda sug‘urtasiz yurish afzalroq hisoblanadi.

Xulosa:
Agar sog‘liqni saqlash xizmatlari qimmat bo‘lsa, va sug‘urta qilish zaruratga aylangan bo‘lsa – bu holatda sug‘urta qilish shar’an joiz. Chunki bu molni asrash, oila xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Hajga borish uchun pora bersa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Qoshlarni “pudra sepilishi” uslubida tatuaj qildirish haqida.

    July 18, 2025
  • Ayol kishi kindigini teshtirib, zirak taqishi joizmi?

    July 18, 2025
  • Ayol kishi mo‘ylovini olsa bo‘ladimi?

    July 18, 2025
  • To‘ylarda ofitsiant bo‘lib ishlaydigan kishining savoli.

    July 17, 2025
  • Uyni bitishidan avval sotib olish hukmi.

    July 16, 2025