Ustoz, 3 yildan beri onamning uyida yashayapman. Erim bilan 22 yil birga yashadik. Ko‘p urish-janjallar bo‘lardi. Erim aroq ichar, zino qilardi va meni ko‘p urardi. Oxirgi yillarda ko‘p marta “Ket!” deb haydashga urinar edi. Boshqa bir ayoldan ikki farzandi ham bor. Mening esa uch nafar farzandim bor. Rossiyada yurgan paytlarida taloq ma’nosidagi gaplarni ko‘p aytgan. Qaynonamga “uni uydan haydang” deb aytgan va shu orqali meni uyimdan chiqargan. Shundan beri biror marta ham holimni so‘ramadi. Qizimni ham onamning uyidan turmushga uzatdik. Hozir 18 yoshli o‘g‘lim bilan yashayapman. “Otanglardan habar olinglar, bu sizlarga farz”, deb bolalarimni u bilan uchrashishga majburlayman. Shunday ekan, menga taloq tushganmi yoki alohida taloq olishim kerakmi?
Ustoz, erim bilan 22 yil yashadim, 3 yildan beri ajralib yashayapman. Bu holatda menga taloq tushganmi yoki alohida taloq olishim kerakmi?
Savol :
Javob :
Siz ta’riflagan holatga qaraganda, nikohingiz amalda tugagan. Eringizning “Ket!” kabi iboralarni qayta-qayta ishlatgani, sizdan 3 yil davomida umuman xabar olmagani, boshqa ayolga uylanib farzandli bo‘lgani — bularning barchasi ulamolar nazarida amaliy taloq hisoblanadi.
Maqola foydali bo’ldimi?
1