Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o’zi uchun ham ishlatishi joizmi?

Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o’zi uchun ham ishlatishi joizmi?

Nashr sanasi: October 2, 2025

Savol :

Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o‘zi uchun ham ishlatishi joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob; Bismillah, Agar ona muhtoj bo‘lsa va aliment puli bolalar foydasiga umumiy ro‘zg‘orda sarflansa, bu joiz. Chunki bunday pulni alohida saqlab, aralashtirmay yashash amalda qiyin. Shariat bunday holatda yengillik beradi.

Bismillah,
Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Endi odatda aliment juda oshib-toshib ketadigan qilib berilmaydi o‘zi, otasi berayotgan alimentni. Keyin odam uni o‘ziga ishlatgan bilan, baribir onaning bu bolalarga o‘tadigan joylari bo‘ladi baribir. Bir-biriga aralashib ketadi-da pullar. Chunki u bola kiyaman deydi, bosh kasal bo‘lishi bor, boshqasi bor, ovqati bor, uy-joyi bor, har xil holatlar bo‘ladi.

Ota bergan aliment oshib-toshib onaga ham o‘tib ketadigan bo‘lmasa kerak deb o‘ylayman men. Agar onaga bu pul o‘tsa ham, onaning haqqi bolalarga baribir o‘tadi. Ota berishi kerak bo‘lgan narsalar onadan sarflanadi. Shuning uchun bu narsalarga ko‘proq yengil qaraladi.

Ya’ni juda ham teni-tenigacha hisoblash juda qiyin. Haligi yetimlarning moliga qaraganda ma’ruf bilan muhtoj bo‘lsa yesin dedik-ku Alloh taolo, o‘shanday narsa bu. Xuddi o‘shanday narsa. Boy bo‘lsa saqlansin, amal bo‘lsa ma’ruf bilan yesin degandek.

U ona bolalariga qaraganda bu pulni umuman ro‘zg‘origa aralashtirmay, u onani yeb qo‘ymasligi juda qiyin narsa. Umuman pulni aliment deb oladi, shu bolalarning foydasiga umumiy qozonda ishlatadi. U ona o‘zidan ham, boshqadan ham bu yerdan ishlatadi. Mening bilishimcha, odatda alimentlar juda boladan oshib qolgan darajada berilmaydi o‘zi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

    February 13, 2026
  • Yosh bolani unashtirish nikoh hukmiga o‘tadimi?

    February 7, 2026
  • Inson a’zolarini ko‘chirish hukmi.

    January 31, 2026
  • O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

    January 28, 2026
  • Yolg‘onchi va qasamxo‘r er bilan yashash haqida.

    January 26, 2026
  • Nikohdan avval alohida yashash sharti bilan tekkan ayolning savoli.

    January 16, 2026