Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Taloq >Ustoz, er “javobini allaqachon berganman” desa, taloq tushadimi?

Ustoz, er “javobini allaqachon berganman” desa, taloq tushadimi?

Nashr sanasi: June 24, 2025

Savol :

Ustoz, men 7 yil oldin turmushga chiqqanman. 2 oy yashab, erim ichib kelib meni urgani uchun alohida yashay boshladik. Keyin kasal bo‘lib ajrashdik. Erim oradan ko‘p o‘tmay boshqaga uylanib oldi. 7-8 oy o‘tib uning yangi xotini homilador bo‘lib qoldi va u men bilan ZAGSni bekor qilishni istadi. ZAGSni bekor qildik. Men onasiga “O‘g‘lingiz menga javob bersin”, dedim. Onasi unga qo‘ng‘iroq qilib aytganida, u: “Allaqachon javobini berganman”, dedi. Men oradan bir yil o‘tib, boshqa kishiga turmushga chiqdim. O‘sha paytlarda diniy bilimim kam edi. Endi esa o‘ylab qolyapman: “O‘shanda menga taloq tushganmidi yo‘qmi?” Shu menga taloq hisoblanadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, “javobini allaqachon berganman” degani taloq niyatida aytilgan bo‘lsa, bu bilan taloq tushadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, albatta, bu holatda taloq tushgan hisoblanadi. ZAGS (fuqarolik nikohi)ni bekor qilgan bo‘lsangiz va eringiz: “Allaqachon javobini berganman”, degan bo‘lsa — bu aniq taloqning ifodasi bo‘lib, nikohning uzilishi sanaladi.

Siz esa oradan bir yil o‘tib, idda muddati ham o‘tganidan so‘ng boshqa kishiga turmushga chiqqansiz. Bu holatingiz shariatga to‘g‘ri keladi. Endi qalbingizda bu masalada shubha qolmasin, o‘zingizni qiynamang.

Vallohu A‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ko‘p zulm ko‘rgan ayol eridan arjashib, boshqaga tegishi mumkinmi?

    February 11, 2026
  • Uch taloqqa oid savol.

    February 10, 2026
  • Ayol taloq so‘raganida er: “Xo‘p, berdim”, desa, taloq tushadimi?

    February 6, 2026
  • O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

    January 28, 2026
  • Nikohdan avval alohida yashash sharti bilan tekkan ayolning savoli.

    January 16, 2026
  • Eri ajrashishga rozi bo‘lmay ajrashgan ayol jannatga kirmaydimi?

    January 16, 2026