Ustoz, to‘shak masalasida er-xotinning huquqlari qanday o‘lchanadi? Bilamizki, er ayolini qanday holatda bo‘lsa ham to‘shakka chaqirganda, ayol “labbay” deb javob berishi kerakligi aytiladi. Ammo ayol har doim ham bu holatni istamasligi mumkin. Masalan, er uni mensimasa, jerkib gapirsa, kunduz kuni telefonga berilib, ayolining ko‘nglini olmay, lekin kechqurun faqat nafsini qondirish niyatida ayolini chaqirsa – ayol o‘zini qadrsiz his qilib, rad etsa, bu noto‘g‘rimi? Masalan, ayol: “Ozroq qadrimni bilsin, meni ayol sifatida ko‘rsin”, deb erining chaqirig‘ini qabul qilmasa, bu bilan u erini norozi qilgan bo‘ladimi? Yoki ayollar o‘zlariga nisbatan ozroq mehr kutib, erlariga “hajr” qilish maqsadida vaqtincha javob bermay tursalar, shariat bunga qanday qaraydi? Bunday holat bo‘lgan ayol erini norozi qilgan xotin hisoblanadimi? Shuni ham qo‘shimcha qilaman: eri unga haligacha mahrini ham bermagan ekan.
Ustoz, er ayolini shirin so‘zlamasdan, faqat nafs uchun to‘shakka chaqirsa, ayol esa o‘zini qadrsiz his qilib rad etsa – bu bilan erini norozi qilgan bo‘ladimi?
Savol :
Javob :
To‘shak masalasi – ayol zimmasidagi vazifa. Er chaqirsa, ayol sababsiz rad qilmasligi lozim. Ranjish, e’tibor kutish bahonasida rad etish shariatda to‘g‘ri emas va bu bilan ayol la’natga qolishi mumkin. Mehr xizmat bilan ortadi, araz bilan emas. Er ham mehrli, adolatli bo‘lishi shart.
Maqola foydali bo’ldimi?
0