Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Aqida >Allohning qo‘li deyilganda ko‘z oldimga inson qo‘li keladi. Bu gunohmi va bundan qanday qutulaman?

Allohning qo‘li deyilganda ko‘z oldimga inson qo‘li keladi. Bu gunohmi va bundan qanday qutulaman?

Nashr sanasi: May 3, 2025

Savol :

«Ustoz, aqida darslaringizda Allohni maxluqotlarga o‘xshatish mumkin emas, deb aytdingiz. Ammo nega Allohning qo‘li, barmoqlari degan joylarni o‘qiganimda ko‘z oldimga inson qo‘li va barmoqlari kelib qoladi? Bunday tasavvurlarni qanday yo‘qotish mumkin? Bu holat gunoh emasmi?»

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar sizda xayolingizga “bu insonnikiga o‘xshaydi” degan fikr kelsa, darhol o‘zingizga ayting: “Allohning sifati bu, lekin u maxluqotlarga o‘xshamaydi.” Ana shu e’tiqod bilan bu vasvasa ketadi, in shaa Alloh.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu juda muhim va odamlarda ko‘p uchraydigan savol. Avvalo, shuni bilish kerakki, Alloh taoloni yaratganlarga o‘xshatish mumkin emas. Allohning “qo‘li”, “barmog‘i”, “ko‘zi” kabi sifatlari Qur’onda va hadisda kelgan. Biz ularni bor deb e’tiqod qilamiz, ammo ularning qandayligini – ya’ni kayfiyatini (tavsifini) bilmaymiz. Ular maxluqotlarnikiga o‘xshamaydi.

Imom Ahmad rahmatullohi alayh aytganlaridek:
“Sen Allohni qanday tasavvur qilsang, bilgilki U unday emas.”
Ya’ni, xayolingizga qandaydir shakl yoki insoniy sifat kelsa, shu zahoti “yo‘q, Alloh bunday emas” deb ayting. Bu fikrni miyangizda yaxshilab o‘rnatsangiz, bu vasvasalar sizni tark etadi, in shaa Alloh.

Alloh taolo O‘zini qanday sifatlagan bo‘lsa, biz o‘sha sifatlar bilan sifatlaymiz. “Qo‘li bor” desa – bor deymiz, lekin “qanday qo‘li bor?” degan savolga javob izlamaymiz, chunki bu bizga noma’lum.

Masalan:
Alloh “biladi” degan – biz “ha, biladi” deymiz. Lekin qanday biladi? Allohning miyasi bormi, yuragi bormi? – bu savollarni berish noto‘g‘ri.
Alloh “kuladi” degan – demak, kuladi, lekin bu kulish insonning kulishiga o‘xshamaydi.
Shuningdek, “ajablanadi”, “iroda qiladi”, “barmog‘i”, “ko‘zi”, “yuzi” bor – bular Allohning sifatlari, ammo insonnikiga o‘xshamaydi.

Shuning uchun, agar sizda xayolingizga “bu insonnikiga o‘xshaydi” degan fikr kelsa, darhol o‘zingizga ayting: “Allohning sifati bu, lekin u maxluqotlarga o‘xshamaydi.” Ana shu e’tiqod bilan bu vasvasa ketadi, in shaa Alloh.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • “Kichik shirk dinidan chiqarmaydi” degan odam kofir bo‘ladimi?

    May 21, 2025
  • Mazhablar tarihi va tafsiri

    May 7, 2025
  • “Opam oyatni inkor qilib, kofir bo‘ldimi?”

    May 4, 2025
  • Erning ruxsatisiz ayol kishi darslar eshitish mumkinmi?

    April 20, 2025
  • Tavhid birinchi bo‘lib kim tomonidan uch qismga taqsimlangan?

    January 25, 2025
  • Davlat hodimlariga kufr hukmini berish.

    January 4, 2025