Ustoz, singlimning eri ancha yillar oldin “uch taloq” degan. Keyin domlaga borib, qayta nikoh o‘qitib kelishgan. Oradan yillar o‘tib, yana urishib qolishib, yana “uch taloqsan” degan. Keyin yana nikoh o‘qitishgan.
Shunda ikkita taloq tushgan bo‘ladimi?
Bir yarim yil oldin bolalar masalasida gaplashib o‘tirishganda eri:
“Javobingni berdim” debdi. Shundan keyin Rossiyaga ketgan. Hozir esa:
“Men buni taloq niyatida aytmaganman” deyapti.
Er-xotin urishmagan, janjal bo‘lmagan. O‘sha paytda singlim hayz holatida bo‘lgan ekan.
Ustoz, shunda bu uchinchi taloq hisoblanadimi?
Bir domla: “Agar taloq niyatida aytmagan bo‘lsa, tushmaydi”, debdi.
Iltimos, javob bering, singlim juda qiynalib yuribdi.