Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Uch taloqni qalbda niyat qildim, lekin tilim bilan faqat ‘javobini berdim’ dedim — endi qayta nikoh qilish mumkinmi?

Uch taloqni qalbda niyat qildim, lekin tilim bilan faqat ‘javobini berdim’ dedim — endi qayta nikoh qilish mumkinmi?

Nashr sanasi: June 14, 2025

Savol :

Men ayolim homiladorlik paytida onasiga “Qizingizning javobini berdim, narsalarini olib ketinglar,” deb SMS yozganman. O‘sha paytda juda asabiy edim, lekin es-hushim joyida edi. Qaytib olishga yo‘l yopilsin degan niyatda qalbimda uch taloqni qasd qilganman. Oradan uch yil o‘tdi. Hozirda qizimni ko‘rib, vijdonim qiynalmoqda. Agar qaytib olish imkoni bo‘lsa, albatta qaytarib olardim. Ustoz, bunga imkon bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, qaytib olish mumkin. Bu faqat bitta taloq hisoblanadi. Idda muddati tugagan, endi yangi nikoh bilan qayta uylanish joiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bunday holatda qaytib olishga imkon bor, in shaa Allah. Siz “uch taloqni niyat qildim” desangiz ham, amalda faqat “javobini berdim” degan iborani ishlatgansiz, uchta taloqni aniq aytmagansiz. Biz tanlagan to‘g‘ri fatvaga ko‘ra, bu holatda faqat bitta taloq hisoblanadi.

Shuningdek, ayolingiz homilador bo‘lganligi uchun uning idda muddati — ya’ni homila tugashi bilan yakunlangan. Oradan uch yil o‘tgan bo‘lsa, idda muddati allaqachon tugagan bo‘ladi.

Shuning uchun, hozir u bilan qayta nikoh o‘qitib, yangi nikoh bilan uylanishingiz mumkin. Bu holatda siz taloq uchligidan bir imkoniyatni sarflagan bo‘lasiz. Yana ikkita taloq haqi qoladi. Agar qayta turmush qurmoqchi bo‘lsangiz, u bilan yangi nikoh (shartlari va guvohlar bilan) tuzishingiz kifoya qiladi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • “Sigaret cheksam, xotinim taloq” degan kishining savoli.

    September 2, 2025
  • Uylanaymi, ilm olaymi?

    August 31, 2025
  • Taloqqa oid savol.

    August 27, 2025
  • Valiysiz o’qilgan nikoh haqida.

    August 25, 2025
  • Mahr va iddaga oid savol.

    August 18, 2025
  • “Bilganingni qil, boshing ochiq”, desa taloq tushadimi , tushsa uning yechimi qanday?

    August 14, 2025