Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Tovarlarni naqdga arzonroq, nasiyaga esa qimmatroq sotish mumkinmi?

Tovarlarni naqdga arzonroq, nasiyaga esa qimmatroq sotish mumkinmi?

Nashr sanasi: May 15, 2025

Savol :

Tovarlarni naqdga arzonroq, nasiyaga esa qimmatroq sotish mumkinmi? Masalan, 3 oyga 15%, 6 oyga 30%, 9 oyga 40% narx qo‘shib qarzga bersak, bu joiz bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu savdo shart bilan joiz bo‘ladi — ya’ni sotuv vaqtida xaridor bilan bir shartga qat’iy kelishilgan bo‘lsa.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu savdo shart bilan joiz bo‘ladi — ya’ni sotuv vaqtida xaridor bilan bir shartga qat’iy kelishilgan bo‘lsa. Ya’ni xarid amalga oshirilayotgan vaqtda “Qaysi to‘lov muddatini tanlaysiz?” degan savolga xaridor aniq javob berib, masalan:

“Men 6 oylik variantni tanlayman,” — desa, va bu narx shu muddat uchun belgilanib, kelishuv shunga qarab yakunlansa — bu holatda savdo halol va joiz bo‘ladi.

Ammo agar shunday deyilsa:

“Uch oyda to‘lasangiz 15% qo‘shiladi, olti oyda 30%, to‘qqiz oyda 40%, 12 oyda 50%” — va hech bir variant tanlanmasdan savdo amalga oshirilsa, bu joiz emas. Chunki bunda narx noaniq qoladi, bu esa ribo va gharar (noaniqlik) hukmiga kiradi.

Ya’ni bitta mahsulotga bir necha narx belgilab, lekin qaysi narx bo‘yicha sotilganini aniqlamasdan bitim tuzish — harom hisoblanadi. Bu riboning eshigini ochib qo‘yadi.

Ammo siz variantlarni taklif qilsangiz va xaridor bitim paytida aniq birini tanlasa, u holda to‘lov muddatiga qarab narx farqi qo‘yish joiz. Bu fuqaholar tomonidan “bai’ bi-t-taqsit” (bo‘lib to‘lash savdosi) deb ataladi.


Xulosa:

  • Joiz: Bir nechta narx variantlarini taklif qilib, bitim vaqtida xaridor aniq bittasini tanlasa.

  • Noto‘g‘ri: Bir nechta variantlar ichida hech birini aniq tanlamasdan sotuvni yakunlash.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Muzorabaga oid savol.

    January 31, 2026
  • Inson a’zolarini ko‘chirish hukmi.

    January 31, 2026
  • Tashkilotlar tarafidan beriladigan, muayyan do‘konlarda o‘timli bo‘lgan foizsiz qarz kartalaridan foydalanish hukmi.

    December 25, 2025
  • Qurilishi tugallanmagan uyni sotish.

    December 22, 2025
  • Xorijdan biz yuborgan tovarni do‘konchi ustiga foydasini qo‘yib sotishi joizmi?

    December 22, 2025
  • Payg‘ambarimiz ﷺ qaysi mazhabda bo‘lganlar?

    December 22, 2025