Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Toshkentlikman. Buxorolik bir dindor qizni yoqtirib qoldim. Onam «ular bizga to‘g‘ri kelmaydi» deb qarshi. Men esa boshqa qizlarga ko‘ngil qo‘ya olmayapman. Shariatda bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?

Toshkentlikman. Buxorolik bir dindor qizni yoqtirib qoldim. Onam «ular bizga to‘g‘ri kelmaydi» deb qarshi. Men esa boshqa qizlarga ko‘ngil qo‘ya olmayapman. Shariatda bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?

Nashr sanasi: October 2, 2025

Savol :

Toshkentlikman, uylanish arafasidaman. Internet orqali buxorolik bir qiz bilan tanishib, yoqtirib qoldim. Uydagilar uning buxorolik ekanini bilib, qarshi bo‘lishyapti: «Bizga to‘g‘ri kelmaydi, tutumi boshqacha bo‘ladi», deyishyapti. Qiz hijobda, namoz o‘qiydi, arab tilini biladi. Onamga qancha tushuntirsam ham ko‘nmayapti, mendan xafa bo‘lyapti. Bu orada boshqa joylarga ham sovchilikka bordik, lekin qizlar to‘g‘ri kelmayapti, ko‘nglimga yoqmayapti. Shariat bo‘yicha, bu ishim joizmi? Nima qilay, yo‘l ko‘rsating?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob; Bismillah, Balog‘atga yetgan yigit sifatida siz dindor va ma’qul ayolga uylanishingiz joiz. Ammo agar onangiz bilan birga yashashni rejalashtirsangiz, uning roziligi muhim. Chunki mentalitet farqlari sababli kelajakda muammolar kelib chiqishi mumkin. Alohida yashash imkoningiz bo‘lsa, o‘zingiz tanlagan qizga uylansangiz bo‘ladi.

Bismillah,
Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Shariat bo‘yicha siz istagan xotiningizni olishingiz mumkin. Ya’ni siz balog‘atga yetgan o‘g‘il bolasiz, sizga hech kim “uni olma” deyolmaydi. Kimni yoqtirsangiz — shuni olasiz, yaxshi ko‘rsangiz olasiz, yaxshi ko‘rmasangiz olmaysiz. Lekin onangiz bilan maslahat qilish ham kerak bo‘ladi.

Chunki hayotingiz davomida agar olgan kelingiz onangizga yoqmasa, yashatmaydi-da. Ertaga muammodan boshingiz chiqmaydi. Bu yoqqa qarasangiz — xotiningiz, bu yoqqa qarasangiz — onangiz: har kuni bosh og‘riq, har kuni muammo. Shuning uchun onangizga ham yoqadigan bo‘lishi kerak.

Modomiki birga yashayotgan bo‘lsangiz. Agar uylanib, birga yashamasdan alohida yashasangiz, unda muammo yo‘q. O‘zingiz xohlagan ayolingizni olib, baxtli bo‘lib ketishingiz mumkin. Lekin ona bilan birga yashasangiz, onangizga kelin ma’qul kelmasa — u ona yashatmaydi. Odat shunaqa, bilaman men.

Shuning uchun onani ham rioya qilish kerak. Juda yaxshi ko‘rib qolgan bo‘lsangiz, ajrala olmaydigan darajada bo‘lsangiz — unda qanday bo‘lsa ham nikoh qilib, o‘sha bilan yashang derdim. Lekin agar bu darajada bo‘lmasa, faqat “yoqtirib qoldim, menga ma’qul qiz ekan”, degan bo‘lsangiz-u, onangizga ma’qul kelmasa — unda onangiz yoqqan tarafni ham e’tiborga olish kerak.

Chunki “mentalitet” degan narsa bor: ularning tutumi bilan onangizning tutumi kelishmasa, onangiz keyin bahona chiqaraveradi. Biror narsa desangiz, “noroziman” deydi. Shunda ko‘r-ko‘rona xotiningizga zulm qila olmaysiz.

Ikkita temir orasida qolib ketasiz keyin. Shuning uchun hozirdan aql bilan ish qiling. Onangizga ham mos keladigan xotinga uylaning. Agar uylanib, ona bilan yashamay, chiqib ketib, alohida yashayotgan holatda bo‘lsangiz, o‘sha qizni olsangiz bo‘ladi.

Bemalol, chunki siz u bilan alohida yashaysiz, onangizni esa har zamonda ko‘rasiz.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qiz otasiga quloq solmay johil yigitga tegsa, ota gunohkor bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Qonuniy nikohi bo‘lmagani uchun imom nikoh o‘qishdan bosh tortgan va ayoli bilan qo‘shilib qo‘ygan yigitning savoli.

    October 7, 2025
  • Qizlar er topish uchun ko‘chaga chiqishi kerakmi?

    October 4, 2025
  • Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o’zi uchun ham ishlatishi joizmi?

    October 2, 2025
  • To‘y kuni mashinalardan kortej qilish hukmi.

    September 14, 2025
  • Nikohga oid savol.

    September 4, 2025