Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Zakot >Tilla nisobga yetmagan, ammo naqd pul nosobga yetgan, ikkalasini qo’shib zakot beriladimi?

Tilla nisobga yetmagan, ammo naqd pul nosobga yetgan, ikkalasini qo’shib zakot beriladimi?

Nashr sanasi: December 28, 2024

Savol :

Ustoz, mening jamlangan tillalarim nisobga yetmagan, naqd pullarim esa nisobga yetgan. Bu holda tillalarning qiymatini naqd pulga qo‘shib zakotini chiqaramanmi yoki faqat naqd pulning zakotini berish bilan cheklanamanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Tilla va kumushlarni naqd pullarga qo’shib zakot chiqaradi.

Bismillah,

Alloh ta`ologa hamdu sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.

Oltin-kumush zakoti, qog’oz pullar zakoti bilan bir xil, deydi ulamolar. Shunga ko‘ra, ikkalasini jamlagan holda zakot chiqarish kerak bo‘ladi. Chunki ilgari pullar dinor va dirhamdan iborat bo‘lgan; dinor tilla tanga, dirham esa kumush tanga edi. Hozirgi kunda qog‘oz pullar kumush tangalarning o‘rnini bosadi. Shuning uchun o’zida jamlab yeg‘ib kelayotgan oltinlariga qo‘lidagi pullarini qo‘shib, hammasining zakotini birga chiqaradi.

Endi bu yerda faqat bir ixtilofli masala bor: agar jamlagan oltinni shunchaki “bir kun kerak bo‘lishi mumkin” deb yig‘ib kelayotgan bo‘lsa, bunday holda zakot aniq beriladi. Hamma ulamolar nazdida yig‘ib qo‘yilgan oltindan zakot berilishi kerak. Agar “kerak paytda sotib yuboraman yoki qizlarimni uzatganimda ishlataman” degan ma’noda yeg‘ib kelgan bo‘lsa ham, undan zakot berilishi kerak. Bu masalada ixtilof yo‘q.

Ixtilof nimada?

Agar taqib yurgan taqinchoqlari yoki ishlatib yurgan oltin-kumushlari bo‘lsa, shularni qo‘shib hisoblaydimi yoki yo‘qmi, ixtilof shunda. Ba’zilarni aytishicha, yashab turgan uyi yoki kiyib yurgan kiyimidan zakot berish vojib bo‘lmas ekan, taqib yurgan taqinchoqlaridan ham zakot berish vojib emas.

Lekin aksariyat ulamolar, xususan, Hanafiy mazhabining ulamolari, oltin masalasida farq yo‘q deyishadi. U taqinchoqlar hoh yeg‘ib qo‘yilgan bo’lsin yoki ishlatilayotgan bo’lsin, undan qatiy nazar zakot berilishi kerak deydilar. Vallohu a’lam. Mana shu so‘z ehtiyotliroqdir.

Endi tilla taqinchoqlarni boshqa buyumlardan farqi nimada?

Tilla-kumush, va shunga o’hshash taqinchoqlardan tashqari boshqa buyumlar, odatda vaqt o‘tishi bilan qiymatini yo‘qotadi. Lekin oltin va kumush baribir o‘z qiymatini saqlab qoladi. Hadislar ham oltin va kumushlardan zakot berishlik haqida umumiy kelgan, yoki zakot bermaganlar haqidagi tahdidlar umumiy kelgan. Shuning uchun Hanafiy mazhab ulamolari, va ularga mos kelgan ahli ilmlar, oltindan zakot berish kerak deb hisoblaydilar.

Shunga ko‘ra, tilla taqinchoqlari va qo‘lidagi naqd pullarini birga hisoblaydi. Agar kimningdir tijorati bo‘lsa, tijoratiniham hisoblab zakotiga qo‘shadi. Masalan, qo‘lidagi oltin taqinchog’i 10 gramm bo‘lishi mumkin, pullari ozroq bo‘lishi mumkin va tijorat mollariham ozroq bo‘lishi mumkin. Agar har birini alohida hisoblasak, nisobga yetmasligi mumkin. Lekin hammasini qo‘shib hisoblaganda, bir yil davomida ishlatilmay turgan puli, oltinlari va tijorat molini qo‘shib hisoblab, bitta zakot chiqariladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Zakot berish shakli

    April 13, 2025
  • Uy sotib olish uchun bir necha yil zakot to‘plash hukmi

    March 4, 2025
  • Zakotni boshqa chet davlatga yetkazish jarayonida uning bir qismi yo‘l xarajatlariga sarflansa, zakot to‘liq hisoblanadimi yoki faqat muhtojlarga yetib borgan qismi zakot bo‘ladimi?

    February 12, 2025
  • O‘g‘li uchun yer sotib olib, qo‘lida mablag‘ qolmagani sababli o‘zini zakotga haqli deb da’vo qilayotgan kishiga zakot olish halolmi?

    February 11, 2025
  • Otasi zakotga haqli bo‘lmagan tolibi ilmlarga zakot berishning hukmi.

    February 6, 2025
  • Biznesga tikilgan puldan qanday zakot beriladi?

    February 6, 2025