Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Azon >Telefonda aytilgan azon yetarlimi?

Telefonda aytilgan azon yetarlimi?

Nashr sanasi: August 25, 2025

Savol :


Ustoz, namoz vaqtiga kirganida telefonda azon aytilsa, shu kifoyami? Shundan so‘ng namozni azonsiz o‘qisak bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Masjidda bo‘lsangiz, azon shart. Masjiddan tashqarida bo‘lsangiz, atrofdagi masjid azoni kifoya qiladi. Telefonda azon qo‘yilishi ham eslatma o‘rnida foydali, lekin sunnati kifoya bo‘lib hisoblanmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar masjidda bo‘lsangiz, albatta azon aytilishi sunnat. Agar masjiddan boshqa joyda bo‘lsangiz, atrofdagi masjidlarda azon aytilgan bo‘lsa, shu azon sunnati kifoyani ado qiladi. Sizlar turgan joyda yana azon aytilsa, bu mustahab bo‘ladi, lekin shart emas.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: ular jamoat bo‘lib boshqa joyda namoz o‘qimoqchi bo‘lishganida, “Atrof masjidlarda azon aytildi, shu bizga kifoya qiladi”, deb azonsiz o‘qishgan.

Shuning uchun masjidda bo‘lsangiz, azon shart. Masjiddan tashqarida bo‘lsangiz, atrofdagi masjid azoni kifoya qiladi. Telefonda azon qo‘yilishi ham eslatma o‘rnida foydali, lekin sunnati kifoya bo‘lib hisoblanmaydi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Azon aytayotganda o‘ng va so‘l tomonga qarash kerakmi?

    June 26, 2025