Hozirda ayrim tashkilotlar fuqarolarga foizsiz qarz kartalari taklif qilmoqda. Ammo bu kartalarni faqat qarz beruvchi tashkilot belgilagan do‘konlardan mahsulot sotib olish yoki muayyan firma va tashkilotlar xizmatidan foydalanish uchun ishlatish mumkin.
Qarz beruvchi tashkilot turli do‘konlar, marketlar va firmalar bilan oldindan kelishib oladi. Kelishuvga ko‘ra, karta orqali amalga oshirilgan savdolardan kelgan foydaning ma’lum foizi qarz beruvchi tashkilot hisobiga o‘tkaziladi. Tashkilot bu ulushni mijozlarni jalb qilib bergani uchun oladi.
Shu tariqa, bu tizimda uch xil munosabat yuzaga keladi:
- Qarz beruvchi tashkilot bilan qarz oluvchi iste’molchi o‘rtasidagi munosabat;
- Iste’molchi bilan do‘kon yoki firma o‘rtasidagi munosabat;
- Qarz beruvchi tashkilot bilan do‘kon yoki firmalar o‘rtasidagi munosabat.
Ustoz, shu aloqalarning qaysi biri shar’an joiz, qaysi biri joiz emas, sabablarini tushuntirib bersangiz.