Ustoz, uyda ukam va ayolim birga turamiz. Ukam ayolimga nomahram bo‘lgani uchun, unga yeng shimarmasdan ishlashini buyurganman. Biroq bir necha marta yengini shimargan holda ko‘rib, jahlim chiqdi. Qo‘rqitish maqsadida: “Yana shunday qilsang, uyinga jo‘nataman” dedim.
So‘zim davomida: “Menga senday ayol kerak emas” deb yubordim. Keyin esa ko‘chaga chiqib ketdim. Ammo ayolimni tarbiya qilish va yana ham qattiqroq qo‘rqitish uchun uyga qaytdim. Unga:
“Yana bir marta yengingni shimarganingni ko‘rsam, taloq beraman. Bu ish yana takrorlansa, akangga qo‘ng‘iroq qil va kiyimlaringni yig‘ishtirib ket” dedim.
Maqsadim taloq emas, balki qo‘rqitish edi. Bu holatda taloq tushadimi?