Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Taloq berish va qaytarib olishning shartlari

Taloq berish va qaytarib olishning shartlari

Nashr sanasi: April 14, 2025

Savol :

Ustoz, dugonam eri bilan janjallashganida, eri “Bu uyda seni ko‘rmayman, ket”, debdi. 4–5 oydan keyin sud orqali ajrashishdi, lekin eri talog‘ini bermabdi. Shu holatda nikoh buzilgan hisoblanadimi? Agar nikoh buzilgan bo‘lsa, idda muddati qachondan boshlanadi? Idda davomida eri “qaytarib oldim” desa, lekin dugonam bu haqda bilmasa, u yana eriga halol bo‘lib qoladimi?


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Taloq bo‘lganidan keyin er “qaytib oldim” desa, bu ayolni qaytarib olgan hisoblanadi. Biroq bu qaytarib olishda muhim bir shart bor: bu niyat “ma’ruf”, ya’ni yaxshi yashash uchun bo‘lishi kerak.

Agar er ayoliga “Ket”, degan bo‘lsa, bu so‘z ba’zan ajrashish niyatini bildiradi. Keyin esa sud orqali rasmiy ajrashish bo‘lib o‘tgani uchun, bu holatni ajrashgan deb hisoblash mumkin. Ya’ni erning “ket” degani va sud orqali ajratish birgalikda olib qaralsa, bu taloq (ajrashish) hisoblanadi. Vallohu a’lam.

Taloq bo‘lganidan keyin er “qaytib oldim” desa, bu ayolni qaytarib olgan hisoblanadi. Ammo bu yerda ikki xil holat bor. Hanafiy mazhabidagi ulamolar aytishicha, agar er idda muddati ichida “qaytib oldim” desa, bu amal o‘z kuchiga kiradi va ayol qayta nikohsiz erining xotini bo‘lib qoladi. Ya’ni ayolning roziligi talab etilmaydi. Bu – shariatdagi ijtimoiy kelishuvga asoslangan qoida.

Biroq bu qaytarib olishda muhim bir shart bor: bu niyat “ma’ruf”, ya’ni yaxshi yashash uchun bo‘lishi kerak. Hambaliy ulamolari aytishadiki, agar er ayolni qaytarib olish orqali unga zarar yetkazmoqchi bo‘lsa, bu qaytarish yaroqsiz hisoblanadi.

Agar er “qaytib oldim” desa-yu, lekin bu haqida ayolni xabardor qilmasa, unga nafaqa bermasa, unga o‘zini erdek tutmasa – unda bu qaytarish shubhali bo‘ladi. Chunki ayol eri borligini sezishi kerak: u bilan yashaydi, nafaqa oladi, to‘shakni baham ko‘radi. Agar bu belgilar yo‘q bo‘lsa, va hatto er boshqa ayolga uylanib ketgan bo‘lsa, bu holda ayol o‘zini eridan ajrashgan deb biladi. Keyin esa boshqa erga tegsa, “men qaytarib olganman” degan iddao bilan unga halol bo‘lib qoladi deb bo‘lmaydi.

Demak, bu holat individual tarzda, ya’ni oilaning real holatiga qarab baholanadi. Er ayolini qaytib olganini qanday namoyon qilgan? Ayol bu haqda bilganmi? Nafaqa berganmi? Agar bular bo‘lmasa, u qaytarib olganini e’tiborga olish mushkul bo‘ladi.

Shariat erkakka ayolini idda davomida qaytarib olish huquqini bergan, lekin bu huquq shart bilan berilgan – “ma’ruf bilan yashash” sharti bilan. Alloh taolo Qur’onda aytadi: “Agar ular (erlar) yaxshilik bilan saqlashni istasalar…” – demak, niyat yaxshi bo‘lishi kerak.

Agar bu niyat ayolni qiynash bo‘lsa, bu qaytarish haqiqiy hisoblanmaydi.

Shu sababli, bu kabi holatlarda tafsilotlarni chuqur o‘rganish lozim. Qaytarish shariy jihatdan to‘g‘rimi yoki yo‘qmi, qarab chiqish kerak. Bugungi kunda ayrim erkaklar mas’uliyatsiz bo‘lishi, masalaga jiddiy yondashmasligi sababli, ulamolarning bu boradagi qat’iy fikrini (ya’ni “ma’ruf bilan yashamasa – qaytgan hisoblanmaydi”) amalda qo‘llash ma’qul deb hisoblanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

    June 4, 2025
  • Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • O‘gay qiz erga mahram bo‘ladimi?

    June 3, 2025
  • Ayol kishi erining ruxsatisiz ishlashi joizmi?

    June 3, 2025
  • Ayolning “Mahringizni qaytarib oling” degan so‘zi xulu’ sanaladimi? Ajrimdan keyin er uyida yashash joizmi?

    June 2, 2025