Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Singlisi bir gunohni qilgani uchun aloqani uzgan opa haqida.

Singlisi bir gunohni qilgani uchun aloqani uzgan opa haqida.

Nashr sanasi: July 1, 2025

Savol :

Ustoz, opa-singil urushib qolgan. Singlisi bir gunoh ish qilganda, opasi unga: “Yana bir marta shu ishni qilsang, sen bilan aloqani uzaman, uyingga bormayman”, deb qasam ichgan. Singlisi esa bu ishni yana takrorlagan. Opasi esa qasamida turib, silai rahmni uzibdi. Bu holatda qanday yo‘l tutish kerak? Ikkisi ham gohi-gohida namoz o‘qiydi, gohida o‘qimaydi. Nasihat qilsangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar gunohdan qaytarish niyati bilan aloqani vaqtincha uzgan bo‘lsa, bu shariy hajr bo‘ladi va joiz. Ammo agar bu aloqani uzish foyda bermasa, aksincha zarar keltirsa, uni davom ettirish joiz emas. Aloqani tiklab, yaxshi muomalada davom etish va nasihat qilish lozim. Qasam buzilsa, kaforat beriladi. Namozni esa doim o‘qish zarur — uni tark qilish katta gunohdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bir inson boshqasini bir gunohdan qaytarish maqsadida: “Agar shu ishni yana qilsang, salom bermayman, uyimga kelma, men ham sening uyingga bormayman,” desa, bu holat “shar’iy hajr” deyiladi. Ya’ni, bu – noto‘g‘ri ishni to‘xtatish uchun vaqtincha aloqani uzish.

Bu Rasululloh ﷺ amallarida ham bor. Masalan, Ka’b ibn Malik va ikki sahobiy jihodga chiqmagani uchun 50 kun hajrda bo‘lgan. Bu ularni tavbaga undagan edi. Demak, agar hajr foyda bersa, ya’ni gunohni to‘xtatsa, u shariy jihatdan ma’quldir.

Ammo agar bu hajr foyda bermasa, aksincha, zarar keltirsa yoki yana yomonlashishga olib kelsa, u holda bu hajrning ma’nosi qolmaydi. Shuning uchun shariy hajr doriga o‘xshaydi – uni me’yorida ishlatish kerak. Ortig‘i ham, kamrog‘i ham zararli.

Agar opa qasamini buzsa, kaforot beradi. Ammo aloqa uzilgan holatda singlisining gunohi davom etsa, aloqani tiklab, boshqa yo‘ldan nasihat qilish kerak bo‘ladi. Bu yerda yana bir muhim jihat bor: har ikkisi ham ba’zan namoz o‘qib, ba’zan o‘qimas ekan. Bu esa juda og‘ir holat.

Namozni tark etish katta gunoh. Rasululloh ﷺ aytganlar: “Kim bir namozni ataylab tark qilsa, kufr qilgan bo‘ladi.” Qiyomat kuni eng birinchi hisob-kitob qilinadigan amal – bu namozdir. Agar to‘liq bo‘lsa, najot topadi. Bo‘lmasa, hisob og‘irlashadi.

Shuning uchun mening nasihatim: namozga mahkam bo‘linglar. Bugun borligimiz – fursat. Alloh bu imtihonlarni sabr bilan yengib o‘tishni hammamizga nasib qilsin.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025