Bir necha yil avval ikkinchi ayol bo‘lib turmushga chiqdim. Erim uy-joyim va ro‘zg‘orimga qaraydi. Avvaliga “farzand tug‘ib berasan” der edi, lekin hozir esa “tugsang ham, bolaga nomimni bermayman” deb aytyapti. Bir necha hafta avval birinchi xotini nikohimiz haqida bilib qolib, erimdan: “Unga uch taloq ber,” deb talab qildi. Erim esa menga uch taloq berdi. Keyinroq telefon qilib: “Uch taloq emas edi, shunchaki vaziyatdan chiqish uchun aytilgan edi,” dedi.
Savollarim:
- Bolaga otasining nomi berilmasligi mumkinmi?
- Uch taloqdan keyin bizning nikohimiz qanday holatga keladi?