Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Tijorat >Sheriklik savdosida muayyan pulga kelishsak bo‘ladimi?

Sheriklik savdosida muayyan pulga kelishsak bo‘ladimi?

Nashr sanasi: May 28, 2025

Savol :

Ustoz, sheriklik savdosida muayyan pulga kelishsak bo‘ladimi? Masalan, sherigim 5000 dollar qo‘shadi, men esa unga har oy 50 dollar foyda berib turaman, desam — bu joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu joiz emas. Bunday tarzda sheriklik qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ya’ni har oy aniq bir miqdor (masalan, 50 dollar) berib turaman, deb kelishish — bu riboning bir ko‘rinishidir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu joiz emas. Bunday tarzda sheriklik qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ya’ni har oy aniq bir miqdor (masalan, 50 dollar) berib turaman, deb kelishish — bu riboning bir ko‘rinishidir.

Ammo foyda bo‘lsa, chiqadigan foydadan foiz hisobida (masalan, 5%, 10%, 50%) berib turish joiz. Foyda bo‘lsa, foyda bo‘lganidan beriladi, foyda bo‘lmasa — hech narsa berilmaydi. Sheriklikda asl kelishuv shunday bo‘lishi kerak: “foyda bo‘lsa, foiz bo‘yicha bo‘linadi; foyda bo‘lmasa, yo‘q.”

Lekin oyma-oy aniq bir miqdor belgilab qo‘yish (masalan, “har oy 50 dollar beraman”) — bu shartnoma shar’an noto‘g‘ri bo‘ladi va riba (foiz) hukmiga tushadi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Rossiyada murabaha asosida savdo qiladigan uch sherik haqida.

    July 1, 2025
  • Mijozlarga tovarlaringizni halol nasiya asosida sotmoq.

    June 21, 2025
  • Bo‘lib to‘lash sharti bilan olingan uy to‘lanmasa, hukmi qanday?

    June 3, 2025
  • Odamlarni biror kompaniyaga jalb qilish evaziga kompaniyadan pul olish joizmi?

    May 22, 2025
  • Uyni bir yil oldin sotganman, lekin hanuzgacha pulni to‘liq bermagan.

    May 20, 2025
  • O‘zi mashinani to‘liq sotib olmasdan, boshqa birovga mashina olib berish (nasiyaga yoki bo‘lib to‘lashga) joizmi?

    May 15, 2025