Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Zakot >Sheriklar kimning nomidan zakot beradilar?

Sheriklar kimning nomidan zakot beradilar?

Nashr sanasi: December 31, 2024

Savol :

Ustoz, uchta aka-ukaning puli o‘rtada bo‘lib, mashina tijorati bilan shug‘ullanadi. Ular pulni jamlab, bir ukasiga uy olishni niyat qilishgan. Endi bu pul nisobga yetsa, o‘rtadagi pulning zakoti kimning nomidan va qanday shaklda o‘taladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Agar har bir kishining hissasi aniq bo‘lsa, unda har biri o’zi beradi.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Aka-ukalar o‘zaro sherik bo‘lib, masalan, tijoratni birgalikda yuritadigan bo‘lsa, zakot qanday beriladi?

Agar har bir kishining hissasi aniq bo‘lsa va o‘z hissasiga o‘zi egalik qilsa, unda har biri o‘z hissasi nisobga yetsa, zakot beradi; agar nisobga yetmasa, bermaydi.

Masalan, bu uch aka-ukadan har birining puli alohida bo‘lib, pulning bir qismi birining hissasi, ikkinchi qismi esa boshqa biriniki, uchinchi qismi esa boshqa birining hissasi deb bilishsa, va har bir aka-uka o‘z ulushiga egalik qilsa hamda ulushi aniq bo‘lsa, unda ular zakotini alohida hisoblaydilar. Agar ularning ulushi nisobga yetmasa, zakot berish shart emas.

Ammo ba’zi oilalarda hamma “pul umumiy, bitta jamg‘arma” deb qaraladi, va kim qancha topib kelsa, ko‘pmi yoki ozmi, o‘rtaga tashlanadi, va bu umumiy mulk bo‘lib hisoblanadi. Bu pulning zakoti kimning nomidan chiqarilishidan qat’i nazar, u zakot berilsa bo‘ldi. Bu uchalasi nomidan chiqarilgan hisoblanadi.

Umumiy mulk bo‘lgani sababli, go‘yoki bir kishining moli deb qaraladi. Shuning uchun zakot bu uchalasining nomidan chiqariladi. Qaysi maqsadda va qanday ishlatilayotganligidan qat’i nazar, agar bu pul nisobga yetgan bo‘lsa va bir yil davomida o‘sha tijoratda aylangan bo‘lsa, zakotini berish lozim bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Zakot berish shakli

    April 13, 2025
  • Uy sotib olish uchun bir necha yil zakot to‘plash hukmi

    March 4, 2025
  • Zakotni boshqa chet davlatga yetkazish jarayonida uning bir qismi yo‘l xarajatlariga sarflansa, zakot to‘liq hisoblanadimi yoki faqat muhtojlarga yetib borgan qismi zakot bo‘ladimi?

    February 12, 2025
  • O‘g‘li uchun yer sotib olib, qo‘lida mablag‘ qolmagani sababli o‘zini zakotga haqli deb da’vo qilayotgan kishiga zakot olish halolmi?

    February 11, 2025
  • Otasi zakotga haqli bo‘lmagan tolibi ilmlarga zakot berishning hukmi.

    February 6, 2025
  • Biznesga tikilgan puldan qanday zakot beriladi?

    February 6, 2025