Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Hadis >Shayton o’lim tushagidaham fitna qiladimi?

Shayton o’lim tushagidaham fitna qiladimi?

Nashr sanasi: December 23, 2024

Savol :

Ustoz, jon taslim qilish vaqtida inson juda chanqagan holda bo’lar ekan. Shunda shayton bir piyola suv olib kelib “Iymoningdan voz kechsang, shu suv seniki”, der ekan. Shunday hadis bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Bunday hadis mavjud emas.

Bismillah,

Alloh ta`ologa hamdu sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.

Bunday hadis mavjud emas. Lekin shayton insonni o’lish paytida kelib fitna qilishidan Rosululloh salollohu alayhi vassal panoh tilaganlari kelgan. Demak shayton odamni o’lguncha tinch qo’ymaydi degani.

Bazi ulamolardan naql qilinadi, shayton o’lish paytida bazilariga bir piyola suvni ko’tarib kelganligi, yoki Imom Ahmad ra ga kelib turib “Eh Ahmad mendan qutilib ketdin, men seni fitna qila olmadim” deganliklari, va Imom Ahmad esa “yoq hali emas, hali emas” deganlilari. Kegin o’ziga kelganidan kegin bollari “nega hali emas deb aytdiz deb” otasidan so’raganlarida, aytgan ekanlarki “shayton menga ko’rinib ‘ey Ahmad, sen mendan qutilib ketdin, men senga fitna qila olmadim deganida, men yoq hali emas, men sendan hali qutilganim yoq, men hali jon taslim qilganim yoq degan gapni aytdim’” dedilar.

Shunga o’hshagan gaplar salaflarda judaham ko’p. Hammasini manosi bir manoni anglatadiki, shayton odam o’lish paytida haqiqatdanham waswasa qiladi, uni yoldan ozdirishga harakat qiladi toki u inson fitnaga tushib o’lishligi haqida habarlar kelgan. Shaytonni yagona maqsadi insonni fitnalantirib, kofir qilib o’ldirish. Hech bo’lmasa shayton insonni gunohkor bo’lib o’lishini, yoki ayrim amallarni bajara olmay o’lishini istaydi. Qanday bo’lsaham insonga zarba bersam deydi.

Shuning uchun bizlar doimo Alloh taolodan shaytonni yomonliklaridan panoh tilashimiz kerak.

Ammo sunnatda shayton suv olib keladi, va “agar kofir bo’lsang ichasan, yoqsa bermayman” degan manodagi hadis kelmagan.

Allohu A’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Rajab oyida umra qilish.

    January 5, 2025
  • “Asrlarning eng yaxshisi – mening asrimdir” hadisi.

    January 5, 2025
  • Insonlardan biror narsa so’ramaslik.

    January 4, 2025