Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ro’za >Saharlik va iftorlikda oldindan belgilangan taqvim vaqtlaridan foydalanish joizmi?

Saharlik va iftorlikda oldindan belgilangan taqvim vaqtlaridan foydalanish joizmi?

Nashr sanasi: January 28, 2025

Savol :

Ustoz, saharlik va iftorlikda oldindan belgilangan taqvim vaqtlaridan foydalanish joizmi? Taqvimlarda keltirilgan vaqtlar, ularni tuzgan islomiy markazlarning uslubiga qarab, ba’zan biroz farq qilishi mumkin. Bu masalada eng to‘g‘ri yo‘l qaysini tanlash?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Agar kishi vaqtni o’zi aniqlash imkoniga ega bo’lmasa, unda taqvimga tayanssa bo’ladi.

Bismillah,
Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Aslida ro‘zador kishi bomdod vaqti bilan og‘zini yopib, kun botishi bilan og‘iz ochadi. Bomdod vaqti kirishi va kun botishining o‘ziga xos alomatlari bor. Agar kishi shuni aniq bilsa bo‘ldi, asosiy vaqt shunga qarab belgilanadi.

Ammo taqvimlar ijtihodiy masala. Qachon kun botadi va qachon bomdod vaqti kiradi, bu narsani belgilash islomiy markazlar taqvim chiqarayotganda farqli bo‘lishi mumkin. Agar kishi o‘zi bilishga imkoniyati bo‘lsa, shunga ko‘ra amal qiladi. Ilgari taqvim bo‘lmagan, boshqa narsalar bo‘lmagan. Masalan, muazzin azon aytishni o‘z vaqtida bajarsa, azoniga tayanish mumkin. Masalan, Madinada o‘z vaqtida azon aytiladi, ayniqsa ikki haramda — Masjid an-Nabaviyda va Masjid al-Haramda vaqt kirishi bilan azon aytiladi. Hatto boshqa masjidlar ham radioga qo‘shilib kuzatadi va haramda azon aytishni boshlanishi bilan ular ham azon aytadilar. Shunday ekan, ularning azoniga tayanish mumkin, chunki ular vaqt kirishiga moslab, ayniqsa Ramazonda ham shunga amal qiladilar.

Bu ham ijtihodiy masala. Hatto Makka va Madinada “Erta aytilyapti” degan fikrda bo‘lgan olimlar ham bor. Ba’zi ulamolarning ijtihodiga ko‘ra azon bir oz erta aytiladi, deb hisoblanadi. Ammo bu ixtilofli masala. Shunga ko‘ra qishloqda yashovchi kishi chiqib ko‘rib, masalan, bomdod vaqti kirganligini yoki quyosh botganligini o‘zi kuzata olsa, shunga amal qilaveradi.

Ammo shaharda — yoritgichlar va boshqa narsalar sababli ko‘rishning imkoni bo‘lmaganda, taqvimlarga tayaniladi. Taqvimlar har xil bo‘lsa, nima qilish kerak? Agar ishоnchlirog’ini bilsa, shunga amal qiladi yoki uni ham bilmasa, ulamolar “ehtiyotkor bo‘ling” deyishgan. Ehtiyotkor bo’lgani yahshi: masalan, hozirgi kunda saharlik ba’zi taqvimlarga ko‘ra 5:30 ga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, ba’zilarida esa 5:20 ga ko‘ra belgilangan. Shunday vaqtda ehtiyotkorlik qilib, 5:20 da og‘iz yopishni maslahat beriladi. Namoz vaqti masalasida esa 5:30 ni qabul qilib, undan oldin namoz o‘qimaslik tavsiya etiladi.

Demak, ro‘zani erta tugatishni taqiqlash, ya’ni saharlikni vaqtida tugatish uchun ehtiyotkor bo‘lish lozim. Namozni ham erta o‘qimaslik uchun taqvimdagi kechroqqa belgilangan vaqtni tanlash yaxshiroq. Saharlikni kechiktirish sunnat emasmi, deyilsa, sunnat — bomdod vaqtiga yaqinroq kechiktirish afzal, lekin bu aniq bo‘lsa. Ulamolar ittifoqi bilan yoki o‘zingiz aniq ko‘rib tursangiz, vaqtni bilib kechiktirish afzal. Ammo ixtilof bo‘lib turganda, taqvim bilan ertaroq yopish sunnatga xilof emas.

Ehtiyotkorlik bilan ertaroq saharlik qilinsa, sunnatga xilof ish qilindi, deyilmaydi. Shu sababli ehtiyotkor bo‘lish yaxshi. Kun botish masalasida ham xuddi shunday: agar o‘zi kun botganini ko‘rsa, shunga amal qiladi. Agar ko‘ra olmasa, shaharda binolar yoki boshqa narsalar to‘sib qo‘ysa, unda kechroq belgilangan taqvimga asoslanib ochish ehtiyotliroq bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Etikof qachon ado etiladi?

    March 19, 2025
  • Ramazonda tishni davolash hukmi.

    March 8, 2025
  • Saharlik qilayotgan paytda azon aytilsa, qanday yo‘l tutish kerak?

    March 4, 2025
  • Ayollar taroveh namozini uyda o‘qishi.

    March 1, 2025
  • Ramazon oyida kun davomida oziq-ovqat sotish hukmi

    February 14, 2025
  • Sha’bon o’yida ro’za tutish hukmi.

    February 13, 2025