Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ro’za >Saharlik qilayotgan paytda azon aytilsa, qanday yo‘l tutish kerak?

Saharlik qilayotgan paytda azon aytilsa, qanday yo‘l tutish kerak?

Nashr sanasi: March 4, 2025

Savol :

Agar kishi ovqat yeyayotgan bo‘lsa va azon eshitsa, og‘zidagi ovqatni nima qilishi kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Agar azon o‘z vaqtida aytilsa, og‘zidagi ovqatni tuflab tashlashi kerak. Agar azon o‘z vaqtidan ilgari aytilsa, unda yutib yuborish joiz.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Bu masala muazzinning holatiga bog‘liq.

1. Agar bugungi kunda odatdagidek, azon haqiqiy tong otishidan bir necha daqiqa oldin ehtiyot chorasi sifatida aytilayotgan bo‘lsa, og‘zidagi taomni yutib yuborsa, hech qanday muammo yo‘q.

2. Lekin, agar muazzin haqiqiy tong otganidan keyin azon aytayotgan bo‘lsa, og‘zidagi taomni tuflab tashlashi lozim.

Bugungi kunda aksariyat mamlakatlarda muazzinlar azonni vaqt kirishidan oldin aytishadi. Shu sababli azon paytida ovqat yeyish yoki og‘zidagi taomni yutish joiz, chunki ko‘p hollarda azon haqiqiy vaqt kirishidan bir necha daqiqa oldin aytiladi.

Javob muallifi:

Shayx Xolid al-Fulayj

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qazo ro’zasini tutish muddati

    May 21, 2025
  • “Qand kasalligim bor, ba’zida ro‘za tuta olmayman — fidya to‘lashim shartmi?”

    May 14, 2025
  • Ro’za paytida burunga dori sepish

    May 1, 2025
  • Tuta olmagan Ramazon oyining qazo ro’zasini tutish tartibi

    April 29, 2025
  • Bomdoddan so‘ng nonushta qilib, tushlik qilmasdan “ro‘za tutdim” deb niyat qilsa bo’ladimi?

    April 22, 2025
  • Etikof qachon ado etiladi?

    March 19, 2025