Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Sababsiz taloq so‘ragan ayolga mahr beriladimi?

Sababsiz taloq so‘ragan ayolga mahr beriladimi?

Nashr sanasi: June 15, 2025

Savol :

Ayolim hech qanday sabab ko‘rsatmasdan taloq so‘radi. Hozir otasining uyida, otasi ham: “Taloqini ber,” deyapti. Mahr belgilangan, lekin hali bermaganman. Sababsiz taloq so‘ragan ayolga mahr beriladimi?
Agar taloq bersam, mahr berishim shartmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar o‘zingiz taloq bersangiz – sababli yoki sababsiz – unda mahrni to‘liq berishingiz shart bo‘ladi. Agar xul’ qilinsa va mahr hali berilmagan bo‘lsa, mahrni chegirib yoki bekor qilib ajralish mumkin. Agar o‘ylab: “Men uni taloq qilmayman, balki xul’ qilamiz,” desangiz, bu sizning haqlaringizdan biridir. Bu holda, mahrni to‘liq bermaslik haqida kelishuvga borish mumkin.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillahi, va ba’d.

Sababsiz taloq so‘ragan ayol – bu hozir sizning nuqtayi nazaringiz, ya’ni savol beruvchining gapidir. Ammo ayol tomonini ham eshitib ko‘rsa, bu taloq sababsizmi yoki sababli ekanligi aniq bo‘ladi. Odatda ayollar bekordan-bekorga taloq so‘ramaydi, biror sabab bo‘ladi. Bu sababli yoki sababsiz ekani haqida shar’iy olim, ya’ni shar’iy masalalarni hal qiluvchi kishining fikri kerak bo‘ladi. U aytadi: “Hozirgi holatda ayolning shar’an taloq so‘rashga haqqi bormi yo‘qmi?”

Sizlarning holatingizda ayol taloq so‘ragan, otasi ham: “Javobini ber,” deb turgan bo‘lsa, demak, bu yerda qandaydir sabab bor. Odatda otalar ham bekordan-bekorga qizining talog‘ini so‘ramaydi.

Shaxsan mening tajribamdan kelib chiqib aytamanki, ko‘plab oilaviy holatlar shuni ko‘rsatadiki, bunday vaziyatlarda sababsiz taloq so‘ralsa, bu juda kam holatdir. Agar, aytaylik, siz aytgandek sababsiz bo‘lsa ham – siz taloq berishga majbur emassiz. Ayol sababsiz taloq so‘ragan bo‘lsa, siz “yo‘q, taloq bermayman” desangiz, gunohkor bo‘lmaysiz.

Bunday holatda ayol “khul’” (ya’ni, erdan ajralishni o‘zi so‘rab, mahrdan voz kechishi) yo‘li bilan ajralishga haqli. Agar ayol: “Men siz bilan yashashni istamayman, iltimos, talog‘imni bering,” deb tursa, siz xul’ qilishga haqlisiz.

Agar xul’ qilinsa va mahr hali berilmagan bo‘lsa, mahrni chegirib yoki bekor qilib ajralish mumkin. Lekin agar siz o‘zingiz taloq bersangiz – sababli yoki sababsiz – unda mahrni to‘liq berishingiz shart bo‘ladi. Og‘zingiz bilan “taloq” deb aytib, taloq qilgan bo‘lsangiz, mahrni berishingiz farz bo‘ladi.

Agar o‘ylab: “Men uni taloq qilmayman, balki xul’ qilamiz,” desangiz, bu sizning haqlaringizdan biridir. Bu holda, mahrni to‘liq bermaslik haqida kelishuvga borish mumkin.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025