Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ro’za >Ro’zasini bilmay erta ochib qo‘ygan kishi nima qiladi?

Ro’zasini bilmay erta ochib qo‘ygan kishi nima qiladi?

Nashr sanasi: January 27, 2025

Savol :

Ustoz, biz 450 km masofaga safarga chiqdik. Iftor vaqtida telefondagi taqvim dasturiga ko‘ra og‘iz ochdik. Keyinchalik, bu yer bilan biz kelgan joy orasida 13 daqiqalik tafovut borligi va ro‘zamizni 13 daqiqa oldin ochib yuborganimiz ma’lum bo‘ldi. Bu ishni bilmay qilib qo‘yganimiz uzrga o‘tadimi? Tutgan ro‘zamiz sahih hisoblanadimi yoki qazoni tutib berishimiz kerakmi?



Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Ro’zasini bilmay erta ochib qo’ygan kishi o’sha kunning ro’zasini qaytadan tutib beradi.

Bismillah,
Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Bu holat ham ko‘p uchraydi. Savolda so‘ralayotgan holatda ba’zan odam kun botdi, deb o‘ylab ro‘zasini ochib qo‘yadi, keyin esa quyosh botmaganini va vaqt hali kirmaganini bilib qoladi. Bu holatda nima qilish kerak? Ro‘zasining qazosini tutib berishi kerakmi yoki yo‘qmi?

Aksar ulamolar, jumladan, to‘rt mazhab imomlari (Hanafi, Shofi‘iy, Hanbaliy, Molikiy), bunday holatda ro‘zaning qazosini tutib berish kerak, deganlar. Chunki ulamolar orasida bir qoida bor: “Xatosi aniq bo’lgan gumon e’tiborga olinmaydi.”

Misol tariqasida, agar siz quyosh botdi, deb gumon qilib ro‘zani ochsangiz va keyinchalik gumoningiz noto‘g‘ri ekani, ya’ni quyosh botmaganini bilib qolsangiz, bu holatda gumoningiz noto‘g‘ri bo‘lgani sababli ro‘zani qazosini tutib berishingiz kerak. Xuddi shuningdek, agar tahorat bor, deb gumon qilib namoz o‘qisangiz va keyinchalik tahorat yo‘qligini bilib qolsangiz, o‘sha namoz qabul qilinmaydi, va uni qaytadan o‘qishingiz kerak bo‘ladi.

Bunday holatlarda inson gunohkor bo‘lmaydi, chunki u bilmagan holda ro’zasini buzgan. Ammo ro‘zaning qazosini tutib berish lozim. Sahobalardan Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) bir kuni Ramazon oyida bulutli kunda quyosh botdi, deb o‘ylab ro‘zani ochganlari rivoyat qilinadi. Keyinroq quyosh hali botmaganini bilib, qazosini ado qilganlar.

Ba’zi ulamolar esa, jumladan Shayxul Islom Ibn Taymiyya va Ibn Qayyim (rohimahumulloh), bunday holatda ro‘zaning qazosini tutib berish shart emas, deganlar. Ularning so‘ziga ko‘ra, inson kun botdi, deb o‘ylab ro‘zasini ochsa va keyinchalik xatosini anglab, ovqat yeyishni to‘xtatib ro‘zasini davom ettirsa, qazo qilishi shart emas. Ular bu holatni unutib ro‘za vaqtida biror narsa yeyib qo‘yishga o‘xshatadilar. Chunki Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): “Kimki ro‘za tutgan holda unutib ovqat yeb yoki ichib qo‘ysa, u ro’zasini davom ettirsin, chunki uni yedirtirgan va ichirgan Allohdir.” (Sahih al-Buxoriy),” deganlar.

Shunga qaramay, ehtiyot nuqtayi nazaridan to‘rt mazhab ulamolarining so‘ziga amal qilish va ro‘zaning qazosini ado etish afzal sanaladi. Chunki bu ibodatda ehtiyot chorasi hisoblanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Etikof qachon ado etiladi?

    March 19, 2025
  • Ramazonda tishni davolash hukmi.

    March 8, 2025
  • Saharlik qilayotgan paytda azon aytilsa, qanday yo‘l tutish kerak?

    March 4, 2025
  • Ayollar taroveh namozini uyda o‘qishi.

    March 1, 2025
  • Ramazon oyida kun davomida oziq-ovqat sotish hukmi

    February 14, 2025
  • Sha’bon o’yida ro’za tutish hukmi.

    February 13, 2025