Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ro’za >Ro‘za tutmaydigan odamning nomidan fidya berish joizmi?

Ro‘za tutmaydigan odamning nomidan fidya berish joizmi?

Nashr sanasi: February 4, 2025

Savol :

Ustoz, otam hayotida ro‘za tutmagan. Hozir yoshi ulg‘aygani sababli yana tutmayaptilar. Fidya bering desam, ko‘nmayaptilar. Ularning nomidan, otamning niyati bo‘lmasa ham, fidya berishim joizmi?



Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Agar ro’za tutishga qodir bo‘lmasa, o‘zi niyat qilib fidya berishi lozim. O‘g‘illari yoki yaqinlari fidya bera oladi, lekin avval uning oldidan o‘tishi kerak. Agar u berishni istamasa va unga bildirmasdan fidya berilsa ham, bu o‘tmaydi.

Bismillah,
Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Har qanday ibodatning sahih bo‘lishi uchun niyat shart. Ulamolar shu qoidaga ko‘ra aytadilarki, niyatsiz insonga savob yo‘q. Biron-bir narsani niyat qilsagina savob beriladi, aks holda berilmaydi. Shuning uchun, ibodat masalasida, agar kishi tirik bo‘lsa, u o‘zi niyat qilishi kerak. Uning niyatisiz ibodat o‘tmaydi. Agar ro’za tutishga qodir bo‘lmasa, o‘zi niyat qilib fidya berishi lozim. O‘g‘illari yoki yaqinlari fidya bera oladi, lekin avval uning oldidan o‘tishi kerak. Agar u berishni istamasa va unga bildirmasdan fidya berilsa ham, bu o‘tmaydi.

Shu sababli, agar u o‘zi xohlab fidya bermasa, bu hisobga olinmaydi. Bunga misol sifatida, ota va farzand bir uyda yashaydi, otasi tijorat qiladi, lekin zakot berishni istamaydi. Farzandi esa dindor bo‘lgani uchun, “Otamga bildirmasdan zakot bersam bo‘ladimi?” deb so‘rasa, bu joiz emas. Agar mulk otaga tegishli bo‘lsa, u niyat qilmaguncha, farzandi uning nomidan zakot bera olmaydi.

Ibodatlarda niyat shart. Agar mulk sherikchilikda bo‘lsa, kishi o‘z ulushidan o‘zi zakot bera oladi. Ammo otasiga tegishli bo‘lsa, bildirmasdan zakot berishi joiz emas. Xuddi shuningdek, kimningdir nomidan umra qilish ham shunday. Agar kishi tirik, ammo ojiz bo‘lsa, uning nomidan umra qilish uchun avval unga aytilishi kerak. Masalan, borib: “Sizning nomingizdan umra qilmoqchiman”, deb aytilmasa va keyin umra qilinsa, bu o‘tmaydi.

Xulosa qilib aytganda, ibodatlar niyatsiz o‘tmaydi. Shuning uchun otasiga nasihat qilish lozim. Agar u o‘zi qodir bo‘lmasa, so‘zi o‘tadigan kishi unga gapirib, “Ro‘za farz, ro‘za tuta olmagan kishi fidya berishi kerak. Agar siz qodir bo‘lmasangiz, farzandingiz yoki boshqa birov sizning nomingizdan fidya berishi mumkin”, deb aytilsa va ota “Mayli, mening nomimdan bersin”, desa, shunda fidya berish joiz bo‘ladi, insha Alloh.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qazo ro’zasini tutish muddati

    May 21, 2025
  • “Qand kasalligim bor, ba’zida ro‘za tuta olmayman — fidya to‘lashim shartmi?”

    May 14, 2025
  • Ro’za paytida burunga dori sepish

    May 1, 2025
  • Tuta olmagan Ramazon oyining qazo ro’zasini tutish tartibi

    April 29, 2025
  • Bomdoddan so‘ng nonushta qilib, tushlik qilmasdan “ro‘za tutdim” deb niyat qilsa bo’ladimi?

    April 22, 2025
  • Etikof qachon ado etiladi?

    March 19, 2025