Ustoz, tarovehdan keyin tahajjud o‘qimoqchi bo‘lgan kishi imom bilan birga vitrni o‘qigani afzalmi yoki o‘qimay chiqib ketib, tahajjuddan keyin o‘qigani afzalmi?
Ramazonda tahajjud o‘qimoqchi bo‘lgan kishi imom bilan vitr o‘qiydimi yoki yo‘qmi?
Savol :
Javobning qisqacha mazmuni: Imom bilan birga vitr o‘qish afzal, tafsiloti quyida keltirilgan.
Bismillah,
Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.
Bu savol ham juda muhim.
Ba’zi birodarlar taroveh namoziga chiqib, jamoat bilan birga namoz o‘qishga harakat qilishadi. Ammo imom vitr o‘qimoqchi bo‘lganda, ba’zilari vitrni o‘qimay masjiddan chiqib ketishadi.
Nima uchun bunday qilishadi?
Ular “Men vitrni uyda o‘qimoqchiman, chunki tunning oxirgi namozi vitr bo‘lishi kerak” degan hadislarga amal qilishni xohlashadi.
Agar hozir vitr o‘qib qo‘ysa, keyin yana vitr o‘qish kerak bo‘lib qoladi, yoki tunni oxirgi namozi vitr bo‘lmay qoladi. Lekin, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis bor:
“Bir kechada ikki marta vitr o‘qilmaydi” deydilar.
Agar kimdir imom bilan birga vitr o‘qib qo‘ysa, keyin yana uyda tahajjud qilib, yana vitr o‘qisa, bu hadisga zid bo‘lib qoladi.
Vitrni o‘qimay chiqib ketish to‘g‘rimi?
Yo‘q, bu yaxshi amal emas. Vitrni o‘qimay chiqib ketish hadisdagi ajrni boy berishga sabab bo‘ladi, deydi ulamolar. Chunki imom bilan to‘liq turish tavsiya qilingan. Hadisda aytilgan:
“Kim imom bilan birga turib, u namozni tugatguncha namozda bo‘lsa, unga butun kechani namoz bilan o‘tkazgan ajr yoziladi.”
Agar kimdir vitrni o‘qimay chiqib ketsa, u bu ajrdan mahrum bo‘ladi. Chunki u imom bilan namozni to‘liq tugatmagan bo’ladi. Shuning uchun ulamalar vitrni ham imom bilan birga o‘qish kerakligini aytganlar, hatto kechasi tahajjud o’qishni rejalashtirgan bo‘lsa ham.
Tahajjud o‘qimoqchi bo‘lgan odam, vitrni qanday o‘qish kerak? Agar kimdir vitrni imom bilan o‘qib qo‘ysa, keyin tahajjud qilmoqchi bo‘lsa, u qanday yo‘l tutishi kerak?
Birinchi usul:
Imom salom berganidan keyin turib, bir rakat qo‘shib qo‘ysin. Bu bilan vitrni juft (ikki rakatli) namozga aylantirgan bo‘ladi. Keyin ikki rakatdan tahajjud o‘qib, oxirida vitr bilan tugatadi.
Shunda:
– Imom bilan oxirigacha turishning ajrini oladi,
– Tun oxiridagi namozi vitr bo‘ladi,
– Ikki marta vitr o‘qigan bo‘lmaydi.
Ikkinchi usul:
– Imom bilan vitrni o‘qib qo‘yadi,
– Keyin uyga qaytgandan keyin ikki rakatdan tahajjud o‘qib, vitrni qayta o‘qimaydi.
– Agar kimdir “Oxirgi namoz vitr bo‘lishi kerak-ku?” desa, bu mustahab amaldir, vojib emas.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam vitr o‘qiganlaridan keyin ham ikki rakat namoz o‘qiganlari haqida rivoyatlar bor.
Shuning uchun:
Kim imom bilan oxirigacha turib, vitrni o‘qib qo‘ysa, bu to‘g‘ri amaldir.
Keyin ikki rakatdan tahajjud o‘qib, vitrni qayta o‘qimasa ham bo‘ladi.
Ba’zi ulamolarning boshqa bir usulni aytadilar:
Ba’zi ulamolar vitrni “buzish” usulini tavsiya qilganlar.
– Masjidda imom bilan vitrni o‘qib qo‘yadi.
– Keyin uyga qaytganda bir rakat o‘qib, oldingi vitrni juft qilib qo‘yadi.
– So‘ng ikki rakatdan tahajjud o‘qib, oxirida vitrni qaytadan o‘qiydi.
Bu usul haqida:
Ba’zi ulamolar buni tasdiqlaganlar.
Ba’zilari esa bunga dalil yo‘q deb inkor qilganlar.
Lekin Usmon roziyallohu anhu va Shayx Shinqitiy bu usulni ma’qullaganlar.
Ba’zi sahobalar ham shunday yo‘l tutganlar, shu sababli bu usulni ham tanlash mumkin.
Xulosa:
– Imom bilan oxirigacha turib, vitrni o‘qish afzal.
– Tahajjud o‘qimoqchi bo‘lsa, quyidagi ikki yo‘ldan birini tanlashi mumkin:
1. Vitrni imom bilan o‘qib, keyin bir rakat qo‘shib juft qilib qo‘yish.
2. Vitrni imom bilan o‘qib, keyin uyga qaytgandan keyin tahajjud o‘qib, vitrni qayta o‘qimaslik.
Vitrni o‘qimay chiqib ketish tavsiya etilmaydi.
Chunki bu hadisda aytilgan ajrdan mahrum bo‘lishga sabab bo‘ladi.
Kim imom bilan to‘liq tursa, unga butun tun namoz o‘qigan savobi yoziladi.
Vallohu A’lam.
Ustoz Yusuf Davron
Maqola foydali bo’ldimi?