Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Rahmon, Rahim, G‘ofur va Aziz kabi ismlar qo’yish joizmi?

Rahmon, Rahim, G‘ofur va Aziz kabi ismlar qo’yish joizmi?

Nashr sanasi: December 30, 2024

Savol :

Ustoz, ba’zi kishilarga ota-onalari Rahmon, Rahim, G‘ofur va Aziz kabi ism qo‘yishgan. Bu ismlar Alloh taoloning ismilaridan bo‘lsa, biz bu kishilarning ismiga “Abdu” kalimasini qo‘shib, “Abdur-Rahmon”, “Abdur-Rahim” kabi nomlashimiz kerakmi? Shuningdek, ular bu ishimizni inkor qilib, ismilarini o‘zgartirishga qarshi chiqishsa va o‘zlarini “Azizman” yoki “Rahmonman” deb aytishsa, gunohkor bo‘lishadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Allohgagina xos ismlarni qo’yish joiz emas, agar Alloh taologaham insonga ham xos ismlar bo’lsa bo’laveradi.

Bismillah,

Alloh ta`ologa hamdu sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.

Alloh taoloning o‘ziga xos bo‘lgan ismilaridan foydalanish masalasida dinimizda muayyan qoidalar bor. Qur’onda Alloh taoloning go‘zal ismilarining borligi qayta-qayta ta’kidlangan:

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deydi:

وَلِلَّهِ ٱلْأَسْمَآءُ ٱلْحُسْنَىٰ فَٱدْعُوهُ بِهَا

“Allohning go`zal ismlari bordir. Bas, Unga o`sha (ism)lar ila duo qilinglar.” (A’rof, 180)

Ulamolar ta’kidlashicha, ma’no jihatidan faqat Allohga xos bo‘lgan ismilarni bandalarga qo‘yib bo‘lmaydi. Misol uchun: “Alloh”, “Ar-Rahman”, “Al-Kholiq”, “Ahad”, “As-Somad” kabi ismilar. Bu ismilar faqat Allohning kamolotini ifodalaydi va bandaga qo‘llash mumkin emas.

Ammo ba’zi ismilar bor, ular ma’no jihatidan Allohda ham, bandada ham bo‘lishi mumkin. Masalan, Allohning “Al-Hakim” ismi bor, lekin kimdir “Hakim” deb nomlansa, bu joiz, chunki hikmat Allohning ham, bandaning ham sifatidir, lekin bandadagi hikmat chegaralangan. Sahobalardan biri “Hakim ibn Hizom” edi. Shuningdek, kimdir “Rahim” deb nomlansa, bu ham joiz, chunki rahm qilish Allohga ham, bandaga ham tegishlidir. Lekin bandaga “Ar-Rahim” deyish joiz emas, chunki “Al” maqomi Allohga xos ulug‘likni bildiradi.

Xuddi shu kabi, “A’liy” deb ism qo‘yish ham joizdir, chunki “A’liy” buyuklik ma’nosini bildiradi va inson o‘ziga yarasha buyuklikka ega bo‘lishi mumkin. Lekin “Al-A’liy” deb qo‘yish mumkin emas, chunki bu ism Allohning mukammal ulug‘ligini anglatadi. Xuddi shunday, “Malik” deb qo‘yish joiz, lekin “Malikul-Mulk” (Podshohlarning Podshohi) deyish mumkin emas.

Agar ma’no faqat Allohga xos bo‘lsa, ismni o‘zgartirish shart. Masalan, kimdir o‘zini “Rahmon” deb atasa, bu joiz emas. Musaylamatul Kazzob o‘zini “Rahmanul-Yamoma” deb atadi, lekin musulmonlar uni tan olishmadi va “Kazzob” deb atashdi.

Agar ism ma’no jihatidan bandaga ham mos bo‘lsa, u holda ismni o‘zgartirish shart emas. Masalan, “Aziz” yoki “Karim” kabi ismilarni ishlatish joiz. Chunki bu ismilar bandada ham mavjud bo‘lgan sifatlarga dalolat qiladi. O‘zbeklar orasida keng tarqalgan “Aziz” yoki “Karim” ismilarini o‘zgartirishga hojat yo‘q.

Biroq, “Rahmon” kabi ismni ishlatgan kishi, unga tushuntirilishi kerakki, bu ism Allohga xos. Agar rozi bo‘lsa yoki bo‘lmasa, bu ismga “Abdu” kalimasi qo‘shilishi kerak: “Abdur-Rahmon”. Shunday qilmasa, gunohkor bo‘ladi.

Xulosa:
• Agar ism ma’no jihatidan faqat Allohga xos bo‘lsa, ismni o‘zgartirish shart.
• Agar ism bandada ham mavjud bo‘lgan sifatlarni bildirsa, uni ishlatish joiz.

Wallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qur’on tilovatidan keyin uning savobini boshqalarga bag‘ishlash joizmi?

    January 7, 2025
  • Jannatdagi hurlar kimga beriladi.

    January 7, 2025
  • Insonni protezlari bilan dafn qilish hukmi.

    January 7, 2025
  • Akaning o‘gay o‘g‘li mahram hisoblanadimi?

    January 6, 2025
  • Islomiy ismni boshqa bir islomiy ismga o‘zgartirish hukmi.

    January 6, 2025
  • Qorin bilan uxlash (qorinda yotib uxlash) mumkinmi?

    January 6, 2025