Ustoz, biz Qur’onning so‘zma-so‘z tarjimasi kitobidan dars o‘qiyotgan edik. Bir olimning videosida “Qur’onni so‘zma-so‘z tarjima qilib o‘qish gunoh bo‘ladi”, deganini eshitib, qo‘rqib qoldik. Shunga munosabatingizni bildirgan bo‘lsangiz, shu kitobdan o‘qisak bo‘ladimi?
Qur’onning so‘zma-so‘z tarjimasi kitobidan o’qisa bo’ladimi?
Savol :
Javob :
Bismillah, was-salatu was-salamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d. Bunday kitobni o‘qish mumkin, lekin albatta ustoz bilan birga o‘qish kerak. Chunki Qur’on oyatlari qisqa, ammo mazmun jihatdan chuqur va murakkabdir. Uni to‘g‘ri tushunish uchun ilm kerak, tafsir, hadislar bilan birgalikda tushunish lozim. Aks holda, har kim o‘zicha tushunib, noto‘g‘ri xulosalar chiqarishi mumkin. Agar ustoz topolmasangiz, o‘qishni to‘xtatish shart emas. Ammo shubhali joylarga duch kelsangiz ilm egalari bilan maslahatlashib, tushunib olish kerak.
Maqola foydali bo’ldimi?
0