Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >Qur’onni yodda saqlash va mustahkamlash yo‘llari haqida maslahat

Qur’onni yodda saqlash va mustahkamlash yo‘llari haqida maslahat

Nashr sanasi: May 23, 2025

Savol :

Ustoz, Qur’onni yodlaganman, alhamdulillah. Hozirda 4–5 porani murojaat qilib turaman, lekin Qur’onim susayib, yodda saqlashga qiynalayapman. Savolim shuki, Qur’onni xotiramda qanday saqlab turishim kerak? Va uni mustahkamlash uchun qanday maslahat berasiz?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qur’onni unutmaslik uchun kunlik reja bilan murojaa qiling. Tahajjudda o‘qish eng foydali usul hisoblanadi. Har bir farz namozda takrorlash ham foydalidir. Allohdan yordam so‘rang. Qalb ochilishi va yodda saqlash Allohning fazli bilan bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Qur’on qalbda saqlanishi — ya’ni yoddan o‘qib bera olish demakdir. Bu juda katta fazilatdir. Ammo Qur’onni yodlab, keyinchalik uni unutib qo‘yish haqida salmoqli ogohlantirishlar kelgan. Shuning uchun Qur’onni yodda saqlab qolish har bir hofiz uchun muhim mas’uliyatdir.

Ulamolarning tajribalariga tayanib aytiladiki, Qur’onni yodda tutishning eng samarali yo‘li — uni namozda o‘qishdir, ayniqsa tahajjud namozida. Masalan, tahajjudda har kuni 2–4 rakaat o‘qing va har rakaatda bir porani o‘qishga harakat qiling. Avvaliga qiynalsangiz, mushafga qarab o‘qishingiz mumkin. 4–5 marta takrorlasangiz, yodda pishib boradi. Vaqt o‘tib mushafga qaramasdan ham o‘qiydigan darajaga yetasiz, inshaAlloh.

Agar tahajjudda o‘qish imkoniyati bo‘lmasa, kunlik ravishda murojaani aniq reja bilan qilishingiz zarur. Misol uchun, har kuni 3–5 porani murojaat qilib boring. Bir necha oy davomida shunday tartibda Qur’onni boshidan oxirigacha takrorlab chiqsangiz, Qur’on yodingizda mustahkam saqlanadi.

Ulamolardan Shayx Abdulloh ibn Sodiq rahimahullohdan eshitganimiz — “Iqra’ khamsan, tansa” degan naql mavjud. Ya’ni: “Kuniga 5 marta bir xil joyni o‘qi, esdan chiqmaydi.” Buni quyidagicha tatbiq qilsangiz bo‘ladi: har bir farz namozda (bomdod, peshin, asr, shom, xufton) bir xil 5 oyat yoki bir qisqa sahifani o‘qing. Shu sahifa 5 marta o‘qilsa, mustahkam esda qoladi.

Xulosa qilib aytganda:

  • Qur’onni unutmaslik uchun kunlik reja bilan murojaa qiling.

  • Tahajjudda o‘qish eng foydali usul hisoblanadi.

  • Har bir farz namozda takrorlash ham foydalidir.

  • Allohdan yordam so‘rang. Qalb ochilishi va yodda saqlash Allohning fazli bilan bo‘ladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mayyit uchun Mulk surasini 70 marta o‘qish sahih amallardanmi? Nima foydaliroq?

    June 4, 2025
  • Surani o’qishni bilmaganlar bu suraning audio yozuvini eshitsalar buning ham ajri boladimi?

    June 1, 2025
  • Avval arab tilini o‘rgangan ma’qulmi yoki Qur’onni yodlaganmi?

    May 29, 2025
  • Baqarani o‘zi o‘qimasa ham, telefon orqali eshittirish shaytonlardan himoya bo‘ladimi?

    May 26, 2025
  • Vaqtini chegaralamasdan “Qur’onni 15 marta xatm qilaman” deb nazir qilgan edim vaqtim bo’lganida xatm qilsam bo’ladimi?

    May 25, 2025