Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >Qur’onni xatm qilish duosi va muayyan vaqti bormi?

Qur’onni xatm qilish duosi va muayyan vaqti bormi?

Nashr sanasi: January 28, 2026

Savol :

Qur’onni xatm qilgandan keyin qanday duoni o‘qish afzal va xatmni qaysi vaqtda tugatish afzalroq?

Ba’zilar maxsus xatm duosi bor, xatmni albatta ertalab tugatish kerak, deyishadi. Shu gaplar to‘g‘rimi? Bu borada biror hadis yoki sahobalardan dalil bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ba’zi odamlar: xatmni bomdodda tugatish kerak, bomdodning ikki rakat sunnatida tugatish kerak, farzida tugatish kerak, yangi kun Qur’on bilan boshlanib, Qur’on bilan tugasin, deb turli gaplarni aytishadi. Ammo bu gaplarning hech biriga qat’iy dalil yo‘q.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ba’zi odamlar: xatmni bomdodda tugatish kerak, bomdodning ikki rakat sunnatida tugatish kerak, farzida tugatish kerak, yangi kun Qur’on bilan boshlanib, Qur’on bilan tugasin, deb turli gaplarni aytishadi. Ammo bu gaplarning hech biriga qat’iy dalil yo‘q.

Shariatda bo‘lmagan narsalarni o‘zimizdan chiqarib, masalani murakkablashtirmasligimiz kerak. Qur’onni xatm qilishning o‘zi ibodat. Uni qachon boshlash va qachon tugatish masalasida hech qanday cheklov yo‘q.

Muhimi — Qur’onni tartib bilan, ixlos bilan o‘qish. Bugun tugatsangiz ham bo‘ladi, ertaga tugatsangiz ham bo‘ladi. Bugun xatm qilib, ertaga yana boshidan boshlasangiz ham — baribir Qur’on o‘qigan bo‘lasiz.

Xatmni qaysi vaqtda tugatish afzal degan masalada qat’iy bir vaqt belgilanmagan. Alloh taolo Qur’onni har qanday vaqtda o‘qilgan holatda ham qabul qilishga qodir. Muhimi — o‘qishning o‘zi.

Qachon va qancha bo‘lishidan qat’i nazar, Alloh subhanahu va taolo o‘qilgan Qur’onni qabul qilishga qodir Zotdir.

Shuning uchun:
o‘qing, xatm qiling, yana o‘qing — hammasi Qur’on, hammasi savob.

Allohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ortgan ovqatni yeb qo‘yish isrofmi?

    December 25, 2025
  • Uxlashdan oldin telefonda Qur’on eshitib yotish hukmi.

    December 18, 2025
  • Qur’onni mustahkamlash uchun ovozimni yozib, o‘zim tinglab, xatolarni tuzatsam bo‘ladimi?

    November 9, 2025
  • Qur’on o’qib o’tganlarga bag’ishlashlik joizmi?

    October 1, 2025
  • Shahidlarni “o‘lgan” deb bo‘lmaydimi?

    September 11, 2025
  • Qur’on o‘qiyotgan odamga birov salom bersa, nima qiladi?

    August 29, 2025