Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qur’on tilovatidan keyin uning savobini boshqalarga bag‘ishlash joizmi?

Qur’on tilovatidan keyin uning savobini boshqalarga bag‘ishlash joizmi?

Nashr sanasi: January 7, 2025

Savol :

Ustoz, bizning xalqimizda har xil duolar bor, masalan, Qur’on tilovatidan keyin savobini barcha payg’ambarlar, solihlar va ota-bobolarga bag’ishlanadi. Qur’on o’qilgandan keyin u bilan rahmat so’rab duo qilishadi. Shunday qilish joizmi? Ustoz, bizga joiz va nojoiz duolar haqida ma’lumot bering.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Qur’on o’qib savobini bag’ishlash mumkin, lekin buni odat qilib olish va aniq vaqt yoki joyga bog’lab olish bid’at hisoblanadi. Eng yaxshi yo’l – duolarni ko’paytirish va o’z amallari uchun savob olishdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar bo‘lmaydigan Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Qur’on tilovat qilib, savobini o‘tganlarga, ota-onaga va hokazolarga bag‘ishlash ulamolar orasida ixtilofli masala hisoblanadi. Ba’zi ulamolar bunga ochiq dalil kelmagani sababli joiz emas deyishadi. Ayrim ulamolar esa boshqa amallarga qiyos qilib joiz deganlar. Masalan, o‘lik nomidan sadaqa qilsa bo‘ladi, chunki o‘lik nomidan haj yoki umra qilish mumkinligi haqida dalillar bor. Modomiki, bu narsa joiz ekan, Qur’on o‘qib bag‘ishlash ham joiz deyiladi.

Qur’on o‘qib savobini bag‘ishlash inkor qilinmaydi. Kimdir shunday qilsa, bu joiz. Modomiki, ma’lum bir kun yoki vaqtni o‘ziga belgilamagan bo‘lsa, bu joiz hisoblanadi. Ammo har payshanba kuni Qur’on o‘qib kimlargadir bag‘ishlash yoki qayergadir borib o‘qish kerak deb e’tiqod qilsa, bu bid’at bo‘ladi. Chunki bu amal uchun aniq dalil yo‘q.

Ba’zida xatim qilib, ota-onasini eslab, o‘qigan Qur’onini savobini bag‘ishlasa, bu ixtilofli masala. Mabodo, joiz deb bilganlarning so‘ziga amal qilsa, zarari yo‘q, insha Alloh. Lekin buni odat qilib olish kerak emas. Chunki qiyomat kuni har kim bir-biridan qochadi, meni savoblarimdan so‘rab qolmasin deb. Barcha qilgan solih amallarini savobini bag‘ishlab yuboraversa, ertaga o‘ziga ham kerak bo‘ladi. Yahshisi, ularning haqqiga duo qilishi kerak.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam yoki boshqa payg‘ambarlarga savob bag‘ishlash masalasida ulamolar joiz emas deganlar. Chunki sahobalar bunday ishni qilmaganlar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam barcha ummatining qilgan solih amallaridan savob oladilar. Shuning uchun ularga savob bag‘ishlash zarur emas.

Ota-onaga Qur’on o‘qib savobini bag‘ishlash esa ixtilofli masala. Kimdir joiz desa, gohida qilsa bo‘ladi, lekin buni odat qilib olmasligi kerak. Chunki savobi o‘ziga ham kerak. Ko‘proq duolar qilib, ota-onasini eslashi afzalroq.

Xulosa qilib aytganda, Qur’on o‘qib savobini bag‘ishlash mumkin, lekin buni odat qilib olish va aniq vaqt yoki joyga bog‘lab olish bid’at hisoblanadi. Eng yaxshi yo‘l – duolarni ko‘paytirish va o‘z amallari uchun savob olishdir.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Bitta o‘g‘il farzandga uy meros qilib qoldirish.

    January 8, 2025
  • Jannatdagi hurlar kimga beriladi.

    January 7, 2025
  • Insonni protezlari bilan dafn qilish hukmi.

    January 7, 2025
  • Akaning o‘gay o‘g‘li mahram hisoblanadimi?

    January 6, 2025
  • Islomiy ismni boshqa bir islomiy ismga o‘zgartirish hukmi.

    January 6, 2025
  • Qorin bilan uxlash (qorinda yotib uxlash) mumkinmi?

    January 6, 2025