Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >Qur’on o‘quvchilariga xato qilganliklari uchun jarima solish joizmi?

Qur’on o‘quvchilariga xato qilganliklari uchun jarima solish joizmi?

Nashr sanasi: May 21, 2025

Savol :

Madraza muallimlari o‘quvchilar Qur’on o‘qishda xato qilganda yoki darsni o‘z vaqtida qilmaganda ularga jarima to‘latsa, bu shariatga muvofiqmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu kabi moliyaviy jazolar shariatda asossiz emas. Ya’ni, odamga moliyaviy tarafdan ta’sir qilish tarbiyaviy jihatdan foydali bo‘lsa va zulmga olib bormasa, buni joiz deb hisoblash mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu kabi moliyaviy jazolar shariatda asossiz emas. Ya’ni, odamga moliyaviy tarafdan ta’sir qilish tarbiyaviy jihatdan foydali bo‘lsa va zulmga olib bormasa, buni joiz deb hisoblash mumkin. Bu — yo‘l harakati qoidalaridagi jarimalarga o‘xshash holat: odam molidan ajralmasa, javobgarlikni his qilmaydi. Agar bu usul orqali inson tartibga rioya qilishga o‘rgansa va jamiyatga foyda keltirsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Lekin bunday jarimalarni qo‘llashda quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:

  1. Adolatli bo‘lishi – jarima miqdori haddan oshmasligi, nohaqlik qilinmasligi kerak;

  2. Zulm bo‘lmasligi – o‘quvchining holatidan kelib chiqib, unga toqat qiladigan darajada bo‘lishi kerak;

  3. Umumiy manfaatga xizmat qilishi – jarimalar muallim yoki shaxsiy manfaat uchun emas, balki umumiy tarbiya va intizom uchun bo‘lishi lozim.

Agar bu mezonlar saqlansa va haqiqatdan tartibga rioya qilgan o‘quvchilarga jarima qo‘llanilmasa, bu uslub tarbiyaviy vosita sifatida ishlatilishi mumkin.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qur’on o‘qiyotgan odamga birov salom bersa, nima qiladi?

    August 29, 2025
  • “Munofiqlar Allohni kam eslaydi” oyati sharhi.

    August 18, 2025
  • “Allohdan o‘zga iloh yo‘q” deyish xatomi?

    August 5, 2025
  • 20 yoshda Qur’on yodlash afzalmi, ilm o‘rganishmi?

    July 25, 2025
  • Namozlardan keyin ma’lum suralarni doimiy o‘qish: Sunnatmi yoki bid’at?

    July 22, 2025
  • Chaqaloqqa yosh bola ovozida Qur’on o‘qib berish joizmi?

    July 16, 2025