Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >Qur’on o’qiydigan odamga shayton vasvasa qilishi.

Qur’on o’qiydigan odamga shayton vasvasa qilishi.

Nashr sanasi: April 16, 2025

Savol :

Qurʼoni karimni o‘qiy desam, ichimdan bir vasvasa bo‘lyapti — ya’ni “Qurʼonni o‘qisang, tilingdan ayrilasan, nutqingga zarar yetadi, o‘zing zo‘rg‘a o‘z tilingda gapiryapsan,” degan fikrlar kelmoqda. Qurʼoni karim nutqqa qanchalik ta’sir qiladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qur’on o’qiganingizda shaytonni vasvasasidan panoh tilang.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Qurʼoni Karimni o‘qish nutqqa zarar yetkazsa, unda qariyb butun umrini Qur’on tilovati bilan o‘tkazgan qorilar tilini yo‘qotgan bo‘lardi. Aslida bu — shaytonning vasvasasi, jin shaytonlarining makridir. Alloh taolo Qur’oni Karimda marhamat qiladi:
“Agar Qur’on o‘qisang, Alloh nomi bilan la’nati shaytondan panoh so‘ra.”
(An-Nahl: 98)

Siz Qur’on o‘qiganingizda, aynan shu sababdan shayton sizga vasvasa qilmoqda. “A’uzu billahi minash-shaytonir-rojiym” deb ayting va Qur’on o‘qishda davom eting. Vasvasalarga e’tibor qilmang.

Bunday vasvasalar — xuddi itga o‘xshaydi: qo‘rqmasangiz, ketadi; lekin qo‘rqqaningizni sezsa, quvadi. Shaytonga imkon bermang. Qur’onni muntazam o‘qing, insha Alloh oz fursatdan keyin bu holatdan qutulasiz.

Vallohu A‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qur’on o‘qiyotgan odamga birov salom bersa, nima qiladi?

    August 29, 2025
  • “Munofiqlar Allohni kam eslaydi” oyati sharhi.

    August 18, 2025
  • “Allohdan o‘zga iloh yo‘q” deyish xatomi?

    August 5, 2025
  • 20 yoshda Qur’on yodlash afzalmi, ilm o‘rganishmi?

    July 25, 2025
  • Namozlardan keyin ma’lum suralarni doimiy o‘qish: Sunnatmi yoki bid’at?

    July 22, 2025
  • Chaqaloqqa yosh bola ovozida Qur’on o‘qib berish joizmi?

    July 16, 2025