Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >Qur’on o‘qishni, ayollar ilm oladigan joyda o‘rganishim uchun akamning roziligi shartmi?

Qur’on o‘qishni, ayollar ilm oladigan joyda o‘rganishim uchun akamning roziligi shartmi?

Nashr sanasi: May 4, 2025

Savol :

Ustoz, hozirda men faqat ayollar bo‘ladigan joyda ilm olishni boshladim, lekin akam: “Ko‘chaga chiqib ilm o‘rganishingga rozi emasman”, deyapti. Holbuki, bizda ustozlarning uyga kelib diniy ta’lim berishi qonunan taqiqlangan. Qur’on o‘qishni o‘rganishim uchun akamning roziligi shartmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar aka man qilayotgan bo‘lsa, o‘shanga yarasha sharoitni ham qilib berishi kerak. Ya’ni, uyda o‘tirgan joyda o‘qiy oladigan tarzda biror imkon yaratishi lozim. Agar bu imkoniyat mavjud bo‘lmasa, ilm olish farz bo‘ladi. Ayniqsa, Qur’onni o‘rganish -farzi ayn hisoblanadi. Farzi ayn bo‘lgan holatda esa, ilm olish uchun ruxsat so‘rash shart emas. Aqlli va oxiratni o‘ylaydigan aka bu holatda imkon yaratib berishi kerak. Vallohu a’lam.

Bismillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.
Agar aka man qilayotgan bo‘lsa, o‘shanga yarasha sharoitni ham qilib berishi kerak. Ya’ni, uyda o‘tirgan joyda o‘qiy oladigan tarzda bir ustoz olib keladimi yoki boshqa qandaydir sharoit yaratadimi — biror imkon yaratishi lozim.

Agar bu imkoniyat mavjud bo‘lmasa, ilm olish farz bo‘ladi. Ayniqsa, Qur’onni o‘rganish, uni to‘g‘ri o‘qishni (tajvidini) o‘rganish — farzi ayn hisoblanadi. Farzi ayn bo‘lgan holatda esa, ilm olish uchun ruxsat so‘rash shart emas.

Lekin bu: “Ruxsat so‘ramay ketaveraylik” degani emas. Bu holatda tushuntirish kerak. Akaga aytiladi: “Men ilm olishim farz, siz man qilsangiz, hech qanday imkon ham yaratmayotgan bo‘lsangiz, bu to‘g‘ri emas.” Kelishib, o‘rtacha bir yechim topish kerak. Yaxshilikdan chiqmaslik lozim.

Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) aytganlar:

“Ayollar masjidga chiqaman desa, ularni man qilmanglar” (hadis).
“La tamna’u imaa Allahi min masajidillah” — ya’ni, “Ayollarni Allohning masjidlaridan man qilmanglar.”

Demak, masjidga chiqishdan man qilinmasa, ilm majlisiga chiqishdan ham man qilinmasligi kerak. Chunki ayollar ilmni qayerdan o‘rganadi? Agar Qur’on o‘rganish uchun boshqa iloji bo‘lmasa, akasining bunga qarshiligi noto‘g‘ri bo‘ladi. Huquqiy jihatdan qaralganda, ruxsatsiz ham borish mumkin, lekin bu doimo shunday qilish kerak degani emas.

Aqlli va oxiratni o‘ylaydigan aka bu holatda imkon yaratib berishi kerak.
Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mayyit uchun Mulk surasini 70 marta o‘qish sahih amallardanmi? Nima foydaliroq?

    June 4, 2025
  • Surani o’qishni bilmaganlar bu suraning audio yozuvini eshitsalar buning ham ajri boladimi?

    June 1, 2025
  • Avval arab tilini o‘rgangan ma’qulmi yoki Qur’onni yodlaganmi?

    May 29, 2025
  • Baqarani o‘zi o‘qimasa ham, telefon orqali eshittirish shaytonlardan himoya bo‘ladimi?

    May 26, 2025
  • Vaqtini chegaralamasdan “Qur’onni 15 marta xatm qilaman” deb nazir qilgan edim vaqtim bo’lganida xatm qilsam bo’ladimi?

    May 25, 2025