Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >Qur’on eshitib turgan holda ish qilish, ovqatlanish yoki suhbatlashish joizmi?

Qur’on eshitib turgan holda ish qilish, ovqatlanish yoki suhbatlashish joizmi?

Nashr sanasi: July 12, 2025

Savol :

Ustoz, Qur’on eshitgan holda ish qilish joizmi? Ba’zilar aytishicha, Qur’on eshitayotgan odam biror ish bilan mashg‘ul bo‘lishi, ovqatlanishi yoki boshqalar bilan suhbatda bo‘lishi joiz emas. Aks holda, bu Qur’onga hurmatsizlik bo‘ladi, deyishyapti. Bu to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qur’on eshitib turib ish qilish joizdir. Afzali — jim turib tinglash, lekin bu har doim imkoni bo‘lmagan holatlarda ish bilan band bo‘lib eshitish ham mumkin. Bu hurmatsizlik hisoblanmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masalada fiqh ulamolari o‘rtasida turli qarashlar mavjud.

Odamlar ko‘p murojaat qiladigan oyat:

وَإِذَا قُرِئَ ٱلْقُرْءَانُ فَٱسْتَمِعُوا۟ لَهُۥ وَأَنصِتُوا۟ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

“Qur’on o‘qilsa, unga quloq solinglar va jim turinglar, shoyadki, rahmatga erishsangiz.
(A’rof surasi, 204-oyat)

Bu oyatning sabab nuzuli — namozda imom Qur’on o‘qiyotgan paytda orqadagi odamlar jim turishi kerakligi bilan bog‘liq. Ya’ni bu oyat asosan namoz holatiga tegishlidir.

Agar bu oyatni umumiy hayotga tatbiq qiladigan bo‘lsak, odamlar uchun mushkul holat tug‘ilishi mumkin. Masalan, bozorga borsangiz yoki avtobusda bo‘lsangiz va kimdir Qur’on qo‘ygan bo‘lsa — barchaning jim turishi hayotiy jihatdan qiyin va haraj bo‘ladi.

Shuning uchun:

  • Agar Qur’on eshitilayotganda jim turib, diqqat bilan tinglasa — bu eng afzal holat.

  • Ammo biror ish bilan mashg‘ul bo‘lib turib, fon sifatida Qur’on eshitilayotgan bo‘lsa — bu joiz.

Masalan:

  • Uyda Qur’on qo‘yilgan bo‘lsa, odamlar ish bilan band, suhbatlashayotgan bo‘lishi mumkin — bu hurmatsizlik emas.

  • Yoki ustalar, tikuvchilar, ishchilar Qur’onni eshitib ishlayotgani — bu ham joiz.

  • Farzandlarga Qur’on eshittirib qo‘yish, hatto o‘ynab yurishsa ham, foydali bo‘ladi.

Shuni yodda tutish kerakki, bu oyat namoz kontekstida nozil bo‘lgan. Undan tashqarida esa Qur’onni ishlayotgan holatda eshitishda hukm yumshoqroq bo‘ladi.

Agar eshitib, yurakka kirib borayotgan bo‘lsa — bu o‘z-o‘zidan foyda beradi. Qanchalik ko‘p takror bo‘lsa, shunchalik ko‘p ta’sir qiladi.

Xulosa: Qur’onni tinglab turib ish qilish joiz, afzali — jim turib, diqqat bilan tinglash. Ammo har doim bu mumkin emasligi inobatga olinadi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qur’on o‘qiyotgan odamga birov salom bersa, nima qiladi?

    August 29, 2025
  • “Munofiqlar Allohni kam eslaydi” oyati sharhi.

    August 18, 2025
  • “Allohdan o‘zga iloh yo‘q” deyish xatomi?

    August 5, 2025
  • 20 yoshda Qur’on yodlash afzalmi, ilm o‘rganishmi?

    July 25, 2025
  • Namozlardan keyin ma’lum suralarni doimiy o‘qish: Sunnatmi yoki bid’at?

    July 22, 2025
  • Chaqaloqqa yosh bola ovozida Qur’on o‘qib berish joizmi?

    July 16, 2025