Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Savdo >Qurilishi tugallanmagan uyni sotish.

Qurilishi tugallanmagan uyni sotish.

Nashr sanasi: December 22, 2025

Savol :

Men shartnoma asosida hali qurilishi tugallanmagan uydan xonadon sotib olganman. Hozir uy qurilishining poydevor (katlavon) qismi tugallanish arafasida. Hozir menga pul zarur bo‘lib qoldi. Shu qurilishi tugallanmagan xonadonimni sotishim mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar barcha huquq va majburiyatlar yangi xaridorga to‘liq o‘tsa va mas’uliyat aniq belgilansa — qurilishi tugallanmagan xonadonni sotish joiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masalada ulamolarning qarashlari turlicha. Avvalo, bu masala istisno’ (oldindan buyurtma asosida savdo) bilan bog‘liq.

Istisno’ shunday muomala-ki, unda hali mavjud bo‘lmagan narsani buyurtma asosida sotish joiz bo‘ladi. Masalan:

  • bir kishiga: “Menga uy qurib ber,” deb oldindan pul berasiz;

  • u kishi loyiha (proyekt)ni ko‘rsatadi;

  • shu loyiha asosida shartnoma tuziladi.

Siz aytayotgan holatda ham uy hali to‘liq bitmagan, qurilish davom etyapti. Endi sizga pul zarur bo‘lib, o‘sha xonadonni boshqa bir kishiga sotmoqchisiz. Bu yerda asosiy masala — mas’uliyat kimga o‘tadi degan savol.

Agar siz:

  • o‘zingizning o‘rningizga boshqa kishini qo‘yib,

  • barcha huquq va majburiyatlarni unga o‘tkazsangiz,

  • ya’ni quruvchi bilan bog‘liq barcha mas’uliyat yangi xaridorga o‘tsa,

unda muammo yo‘q.

Muhim jihat shuki:
Agar ertaga quruvchi muammo chiqarsa, yoki qurilish to‘xtab qolsa, yoki kelishilgan ish bajarilmasa — kim javobgar ekani aniq bo‘lishi kerak. Shunda hech kim:

  • “Men sotib yuborgan edim,”

  • “Men bilmayman,”

deyib javobgarlikdan qochib qutula olmaydi.

Agar mas’ul shaxs:

  • aniq bo‘lsa,

  • kelishuv ochiq-oydin bo‘lsa,

  • aldovga olib kelmasa,

  • musulmonlar orasida nizo va janjal keltirib chiqarmasa,

u holda bunday savdo joiz bo‘ladi.

Bu holat shar’an istisno’ savdosiga qiyos qilinadi, unda hali mavjud bo‘lmagan narsani shart va mas’uliyat aniq bo‘lgan holda sotishga ruxsat berilgan.

Xulosa:
Agar barcha huquq va majburiyatlar yangi xaridorga to‘liq o‘tsa va mas’uliyat aniq belgilansa — qurilishi tugallanmagan xonadonni sotish joiz.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Muzorabaga oid savol.

    January 31, 2026
  • Tashkilotlar tarafidan beriladigan, muayyan do‘konlarda o‘timli bo‘lgan foizsiz qarz kartalaridan foydalanish hukmi.

    December 25, 2025
  • Xorijdan biz yuborgan tovarni do‘konchi ustiga foydasini qo‘yib sotishi joizmi?

    December 22, 2025
  • Uyni maklerga sotishga oid savol.

    August 31, 2025
  • Ko‘rinishi bir-u, sifati har xil mahsulot sotadigan kishining savoli.

    August 18, 2025
  • Muzoraba tugamaguncha undan tushgan foydani olish mumkin emasmi?

    July 19, 2025