Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

Nashr sanasi: January 28, 2026

Savol :

Ukam ayoli bilan kelishib yashay olmadi. Kelin tomonning onasi qizini tez-tez uyiga chaqirib olib ketardi. Oxiri kelin o‘zi taloq so‘radi.

Nikoh vaqtida kelin 40 000 mahr so‘ragan, “umr davomida bersangiz bo‘ladi”, deb kelishilgan ekan. Endi ajralish paytida ukam: “Agar taloqni o‘zing so‘rasang, mahringdan kechasan”, dedi. Kelin esa: “Yo‘q, taloqni ham, mahrimni ham berasiz”, dedi.

Xullas, tortishuvlardan keyin kelinning onasi: “Mayli, qo‘yaver, haqqingni qiyomatda olasan”, deb qizini olib ketdi. Ajrashganiga yetti oy bo‘ldi. Ukam esa ikki oy oldin boshqa ayolga uylandi.

Endi savol:
Ukam ayoliga faqat taloq bergani yetarlimi yoki mahrini ham berishi shartmi?
“Taloni o‘zi so‘ragan ayoldan mahr qaytarib olinadi”, degan gapni eshitgan edik.

Endi ukam nima qilishi kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Tavsiloti bor.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday holatlarda shuni aniq bilish kerakki: xotin taloqni so‘ragani bilan, er mahrni bermayman deyishga haqli bo‘lib qolmaydi. Ya’ni xotin taloqni o‘zi so‘radimi yoki yo‘qmi — agar er oddiy taloq bergan bo‘lsa, mahrni to‘liq berishi shart.

Ammo bu yerda muhim bir farq bor: agar er aytgan bo‘lsa —
“Men senga faqat mahringdan kechsanggina taloq beraman”,
bu holat xul‘ (خُلْع) bo‘ladi.

Agar ayol bunga rozi bo‘lib:
“Mayli, mahrimdan kechdim”,
desa va taloq shu shart bilan berilgan bo‘lsa — bu xul‘ hisoblanadi.

Siz aytgan holatda: kelin “yo‘q” degan, lekin onasi aralashib:
“Qo‘yaver, haqqingni qiyomatda olasan”, deb rozilik bildirgan va qizini olib ketgan. Agar shu so‘z bilan ular ajralishga rozi bo‘lib ketgan bo‘lsa, bu fiqhiy jihatdan xul‘ bo‘lgan hisoblanadi.

Xul‘ bo‘lgan holatda:

  • er mahrni to‘lamaydi,

  • bu erkakning bo‘ynida qarz ham qolmaydi,

  • “qiyomatda berasan” degan gap bilan ham huquq sobit bo‘lib qolmaydi, chunki ayol o‘zi kechgan bo‘ladi.

Agar ayol mahrini olishni istaganida, shunday deyishi kerak edi:
“Men xul‘ qilmayman. Mahrimni to‘liq berib, taloq bersangizgina ajralaman”.
Bunday holatda er:

  • xul‘ qilishga majbur emas,

  • lekin masala cho‘zilib ketsa, shar’iy qoziga yoki ahli ilmga murojaat qilinishi kerak edi.

Yana bir nozik jihat bor:
ba’zi holatlarda er xotinga zulm qilayotgan bo‘lsa, taloq berishi vojib bo‘lib qoladi. Bunday paytda er xul‘ talab qilib, mahrni olib qolishi halol bo‘lmaydi. Ammo bu holatlar alohida o‘rganiladi va ilm ahlining bahosiga muhtoj.

Ammo savolda bayon qilingan holat shu ko‘rinishda bo‘lgan bo‘lsa — ya’ni:
“qiyomatda olasan” deb rozilik bilan ketilgan bo‘lsa,
bu xul‘ hisoblanadi.

Xul‘ bo‘ldi degani:

  • er dunyoda ham, oxiratda ham bu mahr masalasidan qutulgan bo‘ladi,

  • bu qarz bo‘lib qolmaydi.

Qolganini — zulm bo‘lganmi yoki bo‘lmaganmi — Alloh taolo biladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

    February 13, 2026
  • Ko‘p zulm ko‘rgan ayol eridan arjashib, boshqaga tegishi mumkinmi?

    February 11, 2026
  • Uch taloqqa oid savol.

    February 10, 2026
  • Yosh bolani unashtirish nikoh hukmiga o‘tadimi?

    February 7, 2026
  • Ayol taloq so‘raganida er: “Xo‘p, berdim”, desa, taloq tushadimi?

    February 6, 2026
  • Yolg‘onchi va qasamxo‘r er bilan yashash haqida.

    January 26, 2026