Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Savdo >O‘zi mashinani to‘liq sotib olmasdan, boshqa birovga mashina olib berish (nasiyaga yoki bo‘lib to‘lashga) joizmi?

O‘zi mashinani to‘liq sotib olmasdan, boshqa birovga mashina olib berish (nasiyaga yoki bo‘lib to‘lashga) joizmi?

Nashr sanasi: May 15, 2025

Savol :

Men odamlarga mashina arendaga yoki bo‘lib to‘lash asosida beraman. Menga bir mijoz kelib: “Menda 5 ming dollar bor, boshiga shuncha beraman, sen menga Lasetti olib ber,” — desa, men uning 5 ming dollarini olib, o‘zim yana 10 ming dollar qo‘shib mashina olib bersam bo‘ladimi? Yoki avval mashinani o‘zim to‘liq sotib olib, keyin undan pul olishim kerakmi? Qanday yo‘l tutishim shariatga muvofiq bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar sizning ishingiz mashina savdosi bo‘lsa, mashinani oldin o‘zingiz to‘liq sotib olib, mulkingizga aylantirganingizdan keyin boshqalarga sotsangiz — bu halol savdo bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Faqihlar bu masalada shunday deganlar: agar siz avval mashinani sotib olib, mulkingizga aylantirib, keyin boshqaga sotsangiz, bu shariatga muvofiq bo‘ladi.

Lekin agar sizning kasbingiz mashina savdosi emas bo‘lsa, bunday ishni qilmasligingiz kerak, deb aytamiz. Ya’ni, bu o‘zingizning asosiy ishingiz bo‘lishi lozim. Agar siz mashina savdosi bilan shug‘ullansangiz, va biror mijoz kelib: “Menga falon rusumdagi mashina kerak,” desa, siz: “Bizda aynan u yo‘q, lekin topib beramiz,” deb bozordan olib kelib, ustiga foyda qo‘shib unga sotsangiz — bu halol hisoblanadi, chunki bu sizning kasbingiz.

Qandayki telefon sotuvchi telefon bilan, kompyuter sotuvchi kompyuter bilan ishlaydi, xuddi shunday mashina savdosi bilan shug‘ullanuvchi odam mashina bilan ishlashi tabiiy.

Ammo agar biror kishi mashina ham, kompyuter ham emas, oddiygina pul olib: “Menda 10 ming dollar bor, sen menga mashina olib ber, keyin men senga 15 ming qaytaraman,” degan mazmunda murojaat qilsa, va siz faqat hujjatda mashina nomini kiritib, aslida pul muomalasini foizli ko‘rinishda yuritmoqchi bo‘lsangiz — bu halollik niqobi ostidagi harom bitimga o‘xshab qoladi. Bu holat Qur’onda qoralangan:

“Shanba kuni baliq ovlamanglar,” degan buyruqni aylanib o‘tgan qabilalarning makriga o‘xshab qoladi.

Shuning uchun bunday masalalarda taqvo bilan yondashish lozim. Shariatga to‘g‘ri keladigan ish — o‘zingiz halol qilib yuritayotgan haqiqiy kasbingizni davom ettirishdir.

Agar sizning ishingiz mashina savdosi bo‘lsa, mashinani oldin o‘zingiz to‘liq sotib olib, mulkingizga aylantirganingizdan keyin boshqalarga sotsangiz — bu halol savdo bo‘ladi.


Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Muzorabaga oid savol.

    January 31, 2026
  • Xorijdan berib yuborilgan yukka aeroportda jarima solinsa, kim to‘laydi?

    January 1, 2026
  • Tashkilotlar tarafidan beriladigan, muayyan do‘konlarda o‘timli bo‘lgan foizsiz qarz kartalaridan foydalanish hukmi.

    December 25, 2025
  • Qurilishi tugallanmagan uyni sotish.

    December 22, 2025
  • Xorijdan biz yuborgan tovarni do‘konchi ustiga foydasini qo‘yib sotishi joizmi?

    December 22, 2025
  • Uyni maklerga sotishga oid savol.

    August 31, 2025