Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Ota onamni ruhsatisiz yangi oila qurmoqchiman, ota-onamga oq bo‘lib qolmaymanmi?

Ota onamni ruhsatisiz yangi oila qurmoqchiman, ota-onamga oq bo‘lib qolmaymanmi?

Nashr sanasi: May 14, 2025

Savol :

Ustoz, men hozir chet elda yashayapman. Xotinim bilan ajrashganman, lekin bu holatni na ota-onam, na xotinim to‘g‘ri tushunayapti. Oxirgi 3 yil ichida bir necha bor: “U bilan yashamayman, erga tegib ketaversin”, deb aytganman. Endi yarashishning umuman imkoni yo‘q.

Ota-onam: “Ikki farzanding bor, odamlar nima deydi?” — deb, meni majburlashmoqda. Xotinim esa “Bu uyda bizning ham haqqimiz bor”, deb otasining uyiga ketmayapti.

Men esa ulardan uzoqda, tinchgina yangi oila qurib yashashni istayman. Farzandlarimga va ota-onamga moddiy yordam berib turmoqchiman. Mendan boshqa aka-opalarim ham bor. Shu holatda bu yerda qolib, yangi oila qursam, ota-onamga oq bo‘lib qolmaymanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Odam uylanadi, lekin otasi ranjiydi — bu har doim haqli ranjish bo‘lmaydi. Agar siz muslimaga uylansangiz va otangiz “taloq qil” deb aytsa, bu ayolga zulm qilmasligingiz kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Lekin, bolalaringiz bor ekan, imkon bo‘lsa yashaganingiz yaxshi. Masalan, siz uch yil davomida bir necha marta “u bilan yashamayman” deb aytgan bo‘lsangiz ham, agar bir marta aniq taloq bergan bo‘lsangiz — faqat bitta taloq bo‘lgan hisoblanadi. Undan keyingi “yashamayman” degan gaplaringiz shariatda taloq sifatida e’tiborga olinmaydi, agar aniq taloq lafzi va niyati bo‘lmagan bo‘lsa.

Agar siz qilayotgan ish ota-onangizga zarar yetkazmasa, o‘zingiz uchun foydali bo‘lsa, bu ish oq bo‘lish hisoblanmaydi. Ammo agar otangiz sizdan haq bilan ranjisa, unda ehtiyot bo‘lish kerak. Chunki ota-ona haqli ranjisa, bu insonni Alloh nazarida oq bo‘lish xavfiga olib keladi.

Masalan, odam uylanadi, lekin otasi ranjiydi — bu har doim haqli ranjish bo‘lmaydi. Agar siz muslimaga uylansangiz va otangiz “taloq qil” deb aytsa, bu ayolga zulm qilmasligingiz kerak. Chunki u ota buyrug‘ini noto‘g‘ri va nohaq sabab bilan aytayotgan bo‘lishi mumkin.

Ammo agar ota haq bilan aytsa — xuddi Umar ibn al-Xattob roziyallohu anhu o‘g‘li Abdullohga xotinini taloq qilishni buyurganlaridek, Rasululloh ﷺ: “Otangga itoat qil”, — deganlar. Ulamolar bu hadisdan shuni anglashadi: agar ota Umar kabi shariat mezonlarini biladigan, foyda-zararni, halol-haromni farqlay oladigan, Allohning roziligini ko‘zlaydigan bo‘lsa, bunday otaga itoat qilish vojib bo‘ladi.

Demak, agar shunday holatda bo‘lsangiz, otaning gapiga quloq tutish lozim. Lekin agar ota-ona shariatdan yiroq bo‘lsa, sunnatni bilmasa, hatto ikki xotinlikni fohshlik deb tushunsa, ularning bunday fikriga ko‘ra amal qilish shart bo‘lmaydi. Biroq har qanday holatda ham ularni ranjitmaslik, yumshoq muomala qilish farz bo‘lib qoladi.

O‘zingiz uchun foydali, shar’iy jihatdan to‘g‘ri yo‘lni tanlang. Yo‘lingizda qat’iy boring. Lekin sobiq xotiningizni ham beparvo tashlab qo‘ymang — agar yana yashashga shar’iy yo‘l bo‘lsa, uni inobatga oling. Agar yo‘l butunlay yopilgan bo‘lsa, ya’ni uch taloq bo‘lgan va qaytish imkoni yo‘q bo‘lsa, bu holda boshqa halol yo‘lni tutishingiz kerak.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

    June 4, 2025
  • Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • O‘gay qiz erga mahram bo‘ladimi?

    June 3, 2025
  • Ayol kishi erining ruxsatisiz ishlashi joizmi?

    June 3, 2025
  • Ayolning “Mahringizni qaytarib oling” degan so‘zi xulu’ sanaladimi? Ajrimdan keyin er uyida yashash joizmi?

    June 2, 2025